• O„z-o„zini tekshirish va nazorat qilish uchun savollar
  • O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent to‟qimachilik va yengil sanoat instituti




    Download 4,06 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet28/116
    Sana14.05.2024
    Hajmi4,06 Mb.
    #232428
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   116
    Bog'liq
    SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланма

    Tayanch iboralar: 
    ishlab chiqarish jarayoni, mehnat predmeti, mehnat, 
    mehnat vositasi, asosiy ishlab chiqarish, yordamchi ishlab chiqarish, xizmat 
    ko‘rsatuvchi jarayonlar, operatsiya, ish joyi, tamoyil, yakka usul, partiyali usul, 
    oqimli ishlab chiqarish, ishlab chiqarish tashkiliy tiplari. 
    O„z-o„zini tekshirish va nazorat qilish uchun savollar: 
     
    1.
    Ishlab chiqarish jarayoni deb nimaga aytiladi? 
    2.
    Mehnat predmeti nima? 
    3.
    Mehnatning mohiyatini aytib bering? 
    4.
    Ishlab chiqarish jarayoni qanday turlarga bo‗linadi? 
    5.
    Ishlab chiqarish jarayonini tashkil etishning qanday tamoyillarini bilasiz? 
    6.
    Proporsionallik tamoyilining mohiyatini tushuntirib bering? 
    7.
    Oqim ritmi deganda nimani tushunasiz va u qanday hisoblanadi? 
    8.
    Ishlab chiqarishni tashkil etishning qanday usullarini bilasiz? 
    9.
    Ishlab chiqarishning tashkiliy tiplarini ayting? 
    10.
    YAkka (donalab) ishlab chiqarishning tavsifini mating? 
    11.
    Seriyali ishlab chiqarishning tavsifini ayting? 
    12.
    Ommaviy ishlab chiqarishning tavsifini ayting? 
     
     
     
     
     
     
     


    47 
    III BOB. KLASTERLAR VA XOM ASHYO TA‟MINOTI 
     
    3.1 Paxta-to„qimachilik klasterlarini tashkil etish asoslari 
     
    Klasterlarni tashkil etishdagi iqtisodiy muhit doirasi va uning holatini 
    o‗rganish
     
    shuni ko‗rsatadiki,
    ishlab chiqarishni tashkil etishning ushb shakli 
    so‗nnggi vaqtlarda keng miqyosda amaliyotda qo‗llanilmoqda. Umuman olganda, 
    klaster
    – bu bog‗lam sanaladi. Ishlab chiqarish sohasida esa klaster (cluster) – bu 
    boshlang‗ich xom ashyoni qayta ishlash orqali pirovard tayyor mahsulot ishlab 
    chiqarishni o‗z ichiga oladigan yaxlit texnologik jarayonni bilashtiruvchi 
    korxonalarning ishlab chiqarish tizimidir. Ishlab chiqarish sohasiga klaster 
    shaklini joriy etish tizimli samara deb ataluvchi alohida qismlarning integratsiya 
    asosida butun tizimga birlashtirilishi natijasida faoliyat samaradorligi oshishini 
    ta‘minlaydi.
    Xorijiy mamlakatlarda klasterlarni shakllantirish bo‗yicha to‗plangan 
    tajribalari va amaliyoti quyidagi yo‗nalishlar hisoblanadi. 
    Birinchi yo‘nalish 
    Italiya modeli (sanoat okruglari) hisoblanib, kichik 
    korxonalarning eksportni kengaytirish borasida kuchli konsentratsiyasiga 
    asoslangan, bozorga chiqish va uni egallashda o‗zaro rasmiy yoki norasmiy 
    hamjamiyat asosida yurituvchi ichki klasterlardir
    1

    Ikkinchi yo‘nalish 
    sanoat klasterlari hisoblanib, ular konsentrik doiralar hosil 
    qiluvchi (markazlashgan tashkilotlar) markaziy boshqaruv tizimiga ega klaster 
    shakli hisoblanadi. Bu kabi sanoat klasterlari tarkibida ilmiy laboratoriyalar, 
    ilmiyg‗tadqiqot markazlari va oliy o‗2uv yurtlari faoliyat yuritadi. Klasterlarni 
    bunday shakllantirish YAponiya. Janubiy Koreya, Germaniya va Fransiya 
    tajribalarida aks etgan. Ular xalqaro bozorlar uchun o‗ta kuchli hamkorlik va 
    yuqori darajada shakllantirilgan rasmiy ichki aloqalar mavjud. Innovatsion 
    1
    Becattini G. From marshall`s to the Italian ―Industrial Districts‖. A Brief Critical Reconstruction // Complexity 
    and Industrial Clusters: Dynamics and Models in Theory ahd Practice / eds. A.Q.Curzio, M.Fortis. 
    Heidelberg:Physica-verlag, 2002.


    48 
    faoliyatning sochilib ketishi va chiziqli bog‗lanishning mavjud emasligi klasterlar 
    shakllanishining bu kabi usuliga xos hisoblanadi. Har bir klaster ishtirokchisi 
    tizimning boshqaruv apparatiga zanjirli aloqasi ta‘minlanadi va bu o‗zaro 
    integratsiyani ta‘minlashga asosiy kalit hisoblanadi. Bunday klasterni tashkil etish 
    jarayonida ko‗proq moliyaviy manbalarga tayanishi esa unga davlatning aralashuvi 
    shart qilib qo‗yishi bilan birga, asosiy moliyaviy ta‘minotchisi sifatida qatnashishi 
    rag‗batlantiradi
    2
    . Klasterni shakllantirishning bunday usuli davlatning ko‗magi va 
    moliyaviy mablag‗ning kattaligi uni tashkil etishning kuchsiz tomoni bo‗lsada, 
    xalqaro bozorda amalakat raqobatbardoshligini oshirishning asosiy vositasi yoki 
    strategiyasi sifatida qaraladi. 
    Uchinchi yo‘nalish 
    sanoatlashtirish davriga xos hisoblanib, bunday 
    klasterlash strategiyalaridan Skandinaviya, SHveysariya va AQSHda keng 
    qo‗llanilgan. Ko‗proq spiral
    3
    hosil qiluvchi klasterlash modelining asosiy 
    yo‗nalishi innovatsiyalarni yaratishga urg‗u beradi va yaratilgan innovatsiyalarni 
    klaster ishtirokchilariga sochib yuborish orqali raqobatbardoshlikni ta‘minlash 
    asosiy maqsad hisoblanadi.
    Klasterlarni shakllantirish bo‗yicha yuqorida bayon etilgan yo‗nalishlar 
    O‗zbekiston sharoitida engil sanoat korxonalarining mavjud ahvoli va bozorda 
    shakllangan raqobat muhiti holatidan kelib chiqib belgilanadi. 

    Download 4,06 Mb.
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   116




    Download 4,06 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent to‟qimachilik va yengil sanoat instituti

    Download 4,06 Mb.
    Pdf ko'rish