• Yakka (donalab) ishlab chiqarish
  • 2.5-rasm. Yakka (donalab) ishlab chiqarish Seriyali ishlab chiqarish
  •  Ishlab chiqarishning tashkiliy turlari va ular tavsifi




    Download 4,06 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet26/116
    Sana14.05.2024
    Hajmi4,06 Mb.
    #232428
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   116
    Bog'liq
    SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланма

    2.3. Ishlab chiqarishning tashkiliy turlari va ular tavsifi 
     
    Ishlab chiqarish tipi
    deb, mahsulot ishlab chiqarish hajmi, uning 
    nomenklaturasi 
    kengligi, 
    ishlab 
    chiqarilayotgan 
    mahsulot 
    muhimligini 
    tavsiflaydigan tashkiliy, texnik va iqtisodiy xususiyatlar yig‗indisiga aytiladi. 
    Ixtisoslashtirish darajasiga, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning turlari va 
    miqdoriga qarab ishlab chiqarish bir necha turlarga – 
    yakka ( donalab), seriyali va 
    ommaviy
    ishlab chiqarish turlariga bo‗linadi. 
    Yakka (donalab) ishlab chiqarish
    - mehnat jarayonining tuzilishi, o‗zining 
    beqarorligi bilan korxonaning asosiy ishlab chiqarish ish joylarida bajarilayotgan 


    43 
    jarayonlar bir mahsulot tayyor bo‗lgandan so‗ng ikkinchi mahsulot uchun 
    o‗zgaradi. Ushbu ishlab chiqarishda ishlab chiqarish korxonasi dasturi bir nechta 
    nomdagi oz miqdordagi mahsulot ishlab chiqarishni nazarda tutadi. Bu kabi ishlab 
    chiqarishlarda ish joyi ixtisoslashtirilmaydi. Ishchilar malakasi juda yuqori, 
    universal asbob-uskunalar qo‗llaniladi (2.5-rasm). 
    2.5-rasm. Yakka (donalab) ishlab chiqarish 
     
    Seriyali ishlab chiqarish
    - bu ishlab chiqarish turida ma‘lum vaqt oralig‗ida 
    bir xil mahsulotlarni qayta hajmda seriyali tayyorlash takrorlanadi. Masalan, 
    ―O‗zbekxlopkomash‖ zavodi dastlab partiyalar bo‗yicha 5-LP rusumli linterlarni, 
    so‗ngra siklonlarni, UXK rusumli seriyali paxta tozalagichlari ishlab chiqarishga 
    ixtisoslashgan (2.6-rasm). 
    Ushbu ishlab chiqarish turida universal uskunalar bilan birgalikda maxsus 
    uskunalardan ham foydalaniladi. 


    44 
    Seriyali ishlab chiqarish sexlari ish joylari yakka ishlab chiqarishga qaraganda 
    nisbatan yuqori ixtisoslashtirilgan. Ishchilar malakasi nisbatan tor, binobarin 
    universal malakaga ega ishchilarga qaraganda ularni tayyorlash osondir. 
    Bir ish joyiga biriktirilgan jarayon soni bilan tavsiflanuvchi seriyalash 
    koeffitsienti qiymatiga muvofiq seriyali ishlab chiqarishning uchta turi mavjud: 
    20-40 va undan ortiq bo‗lganlari- kichik seriyali; 
    5-20 ta bo‗lganlari- o‗rta seriyali; 
    3-5 ta bo‗lganlari- yirik seriyali. 
    Seriyali ishlab chiqarishda ishlab chiqarish dasturi etarlicha doimiydir, 
    asosiy ishlab chiqarishda ishtirok etuvchi asbob-uskunalar turi ozchilikni tashkil 
    etadi. Ushbu ishlab chiqarishda soddalashtirish koeffitsienti yuqoridir. 

    Download 4,06 Mb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   116




    Download 4,06 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Ishlab chiqarishning tashkiliy turlari va ular tavsifi

    Download 4,06 Mb.
    Pdf ko'rish