• 2.5-rasm. Ishlab chiqarishni tashkil etish usullari Ishlab chiqarishni tashkil etishning yakka usuli
  • Ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish usullari




    Download 4,06 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet25/116
    Sana14.05.2024
    Hajmi4,06 Mb.
    #232428
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   116
    Bog'liq
    SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланма

    Ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish usullari. 
    Sanoatda ishlab 
    chiqarish jarayonining tashkil etish quyidagi usullarda amalga oshiriladi: 
    yakka, 
    oqimli, partiyali.
    Ushbu usullar bir-birlaridan ish joyining ixtisoslashtirilganlik 
    darajasi, vaqt bo‗yicha operatsiyalar qo‗shilishi turlari, ishlab chiqarish jarayoni 
    uzluksiz darajasi, sex va bo‗limlar shakllanishi tamoyillari bo‗yicha farqlanadi 
    (2.5-rasm). 
    2.5-rasm. Ishlab chiqarishni tashkil etish usullari 
     
    Ishlab chiqarishni tashkil etishning 
    yakka usuli
    juda murakkab texnikani 
    ishlab chiqarishda, shuningdek tajriba ishlab chiqarishda, tikuv sanoatida esa 


    40 
    alohida buyumni tikishda qo‗llaniladi. Har bir buyum bir-biridan fasoni, ko‗rinishi, 
    o‗lchami, mavsumbopligi, aholining turli guruhlarga mosligi, tikishda 
    ishlatiladigin gazlamasi bilan farqlanib, o‗zining texnologik va konstruktiv 
    xususiyatlariga ega. Ishlab chiqarishning bu turiga atelelar va yakka tartibda 
    buyurtma bilan kiyim tikuvchi ustaxonalar misol bo‗la oladi. 
    Ishlab chiqarishni tashkil etishning 
    partiyali usuli
    mahsulotni seriyali ishlab 
    chiqarishni nazarda tutadi. Ish jarayonida maxsus va universal asbob-uskunalardan 
    foydalaniladi. Ushbu asbob-uskunalar chiziqli va guruhlar bo‗yicha joylashtirilgan 
    bo‗ladi. Ishlab chiqarishni tashkil etishning ushbu usuli seriyali va kichik seriyali 
    ishlab chiqarishlarda keng tarqalgan. Masalan, mashinasozlik korxonalarida 
    detallarni tayyorlash jarayonida, paxta tozalash korxonalarida esa arra xo‗jaligida 
    ushbu usul qo‗llaniladi. 
    Ishlab chiqarish va mehnatni ilmiy tashkil etishning kompleks tizimida 
    oqimli
    ishlab chiqarish muhim o‗rin egallaydi. U o‗zida ishlab chiqarish 
    jarayonining shunday tuzilmasini mujassam etadiki, unda xom-ashyo va 
    materiallar tayyor mahsulotga aylanishida belgilangan uslubda uzluksiz, 
    texnologik ketma-ketlikda va barcha operatsiyalarga bir vaqtda qayta ishlanadi. 
    Oqimli ishlab chiqarishda texnologik jarayon bir xil taktda operatsiyalarga 
    bo‗linadi. Operatsiyalar taktlarini to‗g‗rilash jarayonning proporsional bo‗lishligi 
    uchun hamda operatsiyalar oralig‗ida zahiralarni kamaytirish yoki umuman 
    bo‗lmasligini ta‘minlash uchun zarur bo‗ladi. 
    Oqimli ishlab chiqarishni tashkil etish bir qancha tayyorgarlik ishlarini olib 
    borishni talab etadi. 
    Bu tadbirlar:
    birinchi navbatda oqimli ishlab chiqarish uchun 
    mahsulot turini aniqlash va ularni turlash; asosiy muomala texnologiya jarayonlari 
    tartibini ishlab chiqish; ish joylarini rejalashtirish; ishlab chiqarishni 
    takomillashtirish, transport jarayonlarini mexanizatsiyalaщtirish, avtomatlashtirish 
    va tabiiy jarayonlarni tezlashtirish kerak. Ishlab chiqarish oqimini tashkil etishni 
    loyihalashda quyidagi 
    asosiy ko‘rsatkichlarni
    hisobga olish kerak: 

    har bir ish joyida oqim ritmini ta‘minlanishi; 


    41 

    ishning tezlik darajasi; 

    etakchi mashinalarni ish bilan to‗la band qilishi darajasini yaxshilash; 

    oqim yo‗llaridagi mashinalar sonini ish joylaridagi ishchilar soniga 
    moslashtirish; 

    ish joylariga qarab topshiriqlarni belgilash; 

    mehnat buyumlarning harakat marshrutlarini to‗g‗ri tashkil etish. 
    Ishlab chiqarish jarayonini tashkil etishning oqimli dasturida har bir ish joyi 
    maxsus asbob-uskuna, moslama bilan ta‘minlanadi Asbob-uskunalar ketma-ket 
    ravishda ishlab chiqarishni jarayoni bosqichlari bo‗yicha joylashtiriladi. Mehnat 
    predmedlarining bir agregatdan boshqasiga o‗tilishi maxsus jarayonlararo 
    transportlar (tasmali, shnekli yoki pnevmatik) yordamida amalga oshirildi.
    Oqimli ishlab chiqarish chegaralangan nomenklaturadagi mahsulotlar ishlab 
    chiqarishida va ommaviy tusda tashkil etilishi bilan ajralib turadi. 
    Paxtachilik ishlab chiqarishi oqimli ishlab chiqarish sanaladi,Ushbu 
    jarayonda har bir agregat o‗ziga xos alohida vazifasini bajaradi. Quritish 
    barabanlari paxta xom-ashyosini quritib, undan namlikni ajratadi; tozalagichlar – 
    mayda va yirik iflosliklardan tozalaydi; jinlar toladan chigitni ajratadi, linterlar 
    chigitdagi kalta tolalarni ajratib oladi va hokazo. Barcha asbob- uskunalar bir-
    birlari bilan pnevmotransport yoki boshqa turdagi mexanik transportyorlar 
    yordamida bog‗langan.
    Paxta 
    tozalash 
    korxonalarida 
    chegaralangan 
    nomenklaturadagi 
    mahsulotlar 
    (tola,chigit,momiq) 
    ishlab 
    chiqarilganligi bois, oqimli ishlab chiqarish tashkil etilgan bo‗lib, ish joylariga 
    maxsus asbob-uskunalar biriktirilgan.
    Paxtachilik ishlab chiqarishi uzluksiz oqimli ishlab chiqarish sanalib, unda 
    barcha jarayonlar davomiyligi nuqtai nazaridan teng yoki takrorlanuvchidir. Ushbu 
    jarayonda uzluksizlilik darajasi juda yuqoridir. Oqimli ishlab chiqarishning oliy 
    shakli - 
    avtomatik oqim
    bo‗lib, bunda bir butun majmuada texnologik asbob-
    uskunalar, transport uskunalari markaziy avtomatik nazorat tizimi hamda mehnat 
    predmetlariga qayta ishlov berish va ular harakati jarayonlarini boshqarish 


    42 
    birlashtiriladi. 
    So‗nggi yillarda paxta tozalash sanoatida keng miqyosda 
    ixcham texnologiyalar qo‗llanilmoqda. Paxta xom-ashyosining dastlabki sifat 
    ko‗rsatkichlariga (ifloslik va namlik darajasiga ) qarab uni quritish va tozalashda 
    ixcham texnologiya qo‗llanilmoqda, ya‘ni ifloslik darajasi past bo‗lgan hollarda 
    paxta barcha tozalash mashinalardan emas, balki kam mashinalardan o‗tkazib, shu 
    orqali ortiqcha mexanik urilishlarning oldini olish natijasida tola sifatini saqlab 
    qolishga erishiladi.
    Oqimli 
    ishlab 
    chiqarish 
    kompleks 
    mexanizatsiyalashtirish 
    va 
    avtomatlashtirish uchun keng yo‗l ochib beradigan nisbatan ilg‗or va istiqbolli 
    ishlab chiqarishni tashkil etish usuli hisoblanadi.
    Yuqori hajmdagi ishlab chiqarishda ixtisoslashtirish darajasining yuksakligi, 
    mehnatni tashkil etishning ilg‗orligi mehnat unumdorligi yuqori bo‗lishligini 
    ta‘minlaydi.
    Oqimli ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi mahsulot tannarxi 
    pasayishida ham ro‗y beradi. Transport jarayonlari davomiyligi kamaytirilishi 
    oqibatida ishlab chiqarish siklining kamayishi, ishlab chiqarish maydonlari 
    qisqartirilishi, omborlar sonining kaytirilishi oqibatida mahsulot ishlab chiqarish 
    xrajatlari sezilarli pasaytiriladi va natijada korxona foydadorlik darajasi oshishi 
    ta‘minlanadi. 

    Download 4,06 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   116




    Download 4,06 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish usullari

    Download 4,06 Mb.
    Pdf ko'rish