Paxta kontraktatsiyasi. Kontraktatsiya




Download 4,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/116
Sana14.05.2024
Hajmi4,06 Mb.
#232428
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   116
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланма

 
Paxta kontraktatsiyasi. Kontraktatsiya 
– paxtachilikda tayyorlovni 
amalga oshirishning asosiy shakli hisoblanadi. 
Kontraktatsiya shartnomasi
– miqdor, sifat, assortiment, sotish-harid 
qilish muddatlari o‗rnatiladigan mahsulot sotuvchi va harid qiluvchining huquq va 
majburiyatlarini belgilovchi bitim hisoblanadi. 
Kontraktatsiya shartnomalari qishloq xo‗jaligi bilan xom-ashyoni qayta 
ishlovchi sanoat o‗rtasidagi aloqalarning rivojlanishi va kengayishiga xizmat 
qiladi.
Davlat paxta xom-ashyosini harid qilishda kontraktlik vazifasini paxta 
tozalsh zavodi va ular tayyorlov maskanlari orqali amalga oshiradi.
Shartnomaning namunaviy shakli amaliyotda qo‗llaniladi.
Shartnomada paxta etishtiruvchi xo‗jalik barcha etishtirilgan hosilni 
belgilangan muddatda davlatga sotish va uni tayyorlov maskaniga tashib keltirish 
majburiyati ko‗rsatiladi. Agarda, paxta xom-ashyosi davlat standarti talablariga 
javob bermasa, topshiruvchi o‗z mablag‗i hisobiga uni talab etiladigan darajaga 
etkazishi lozim bo‗ladi. Bu kabi ishni paxta tayyorlash maskani quritish-tozalash 
sexi amalga oshirsa, u holda paxta topshiruvchi sex xizmat haqini to‗laydi.
Kontrakt o‗z vaqtida belgilangan miqdorda paxta etishtiruvchi xo‗jalikka 
avans puli berish majburiyatini oladi. Avans puli barcha miqdordagi mahsulotga 
foiz hisobida beriladi. 


78 
Kontraktant (tayyorlov maskani) topshirilgan paxta xom-ashyosi uchun 
harid narxlarida hisob-kitobni amalga oshiradi. SHuningdek, u amaldagi tariflar 
bo‗yicha paxta xom-ashyosini tayyorlov maskaniga tashib keltirish harajatlarini 
ham tulaydi. Kontraktant vazifasiga bulardan tashqari paxta etishtiruvchi 
xo‗jaliklarga talab miqdorida ekishga chigit, paxtani tashishda xaltalar va uni 
terishga fartuklar sotish ham kiradi.
Kontraktant hosilni yig‗ishtirish boshlanguncha yuqori sifatli paxtani qabul 
qilishga tayyor bo‗lmogi lozim: xo‗jaliklarda paxtani alohida terim turi va navi 
bo‗yicha terishni tashkil etish bo‗yicha instruktajlar o‗tkazishi; xo‗jaliklarni 
amaldagi davlat standartlari, paxta harid narxlari bo‗yicha preysko‗rantlar va 
boshqa me‘yoriy hujjatlar bilan ta‘minlash; saqlash, quritish, tozalash va tashish 
vaqtida paxtaning buzilishi va nobud bo‗lishiga yo‗l qo‗ymaslik tadbirlarini 
tushuntirishi lozim. 

Download 4,06 Mb.
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   116




Download 4,06 Mb.
Pdf ko'rish