Bog'liq SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланма
I BOB. ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISHNING MAZMUNI VA VAZIFALARI 1.1 Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish fanining ob‟ekti, predmeti va uslubi Ma‘lumki, har qanday ilmiy kurs (fan) o‗zining o‗rganish ob‘ektiga ega
bo‗ladi. SHunday ob‘ektning mavjudligi – u yoki bu fanning tug‗ilishi,
shakllanishi va rivojlanishining zamini va muhim shartidir. SHu sababli
o‗rganilayotgan fanning o‗rganish ob‘ekti bilan tanishish uning predmetini
aniqlashdan avval amalga oshiriladi. Ma‘lumki, fanning ob‘ekti uning predmeti
qaerda amalga oshishini ko‗rsatadi.
SHu boisdan, sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish fanining
o„rganish ob‟ekti bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat yuritayotgan mulkidan
qat‘iy nazar barcha iqtisodiyot sub‘ektlari hisoblanadi, ushbu holatda esa fanning
o‗rganish
ob‟ekti – bu paxta-to‗qimachilik klasterlari sanaladi.
Sanoat korxonasi ishlab chiqarishini o‗zgaruvchan bozor iqtisodiyoti
sharoitida ilmiy asosda oqilona tashkil etish uchun umumiy iqtisodiy qonunlarni
chuqur bilish, barcha qonun va qoidalaridan unumli foydalanish, ishlab chiqarishni
tashkil etishning zamonaviy usullaridan keng foydalanish zarur. Iqtisodiy
jarayonlar va hodisalar umuman mikro (korxona, xonadon) va makro (xalq
xo‗jaligi, milliy iqtisodiyot) darajalarda qarab chiqiladi. Iqtisodiy munosabatlar o‗z
holicha emas, balki kishilarning manfaatlariga tatbiqan tahlil etiladi, kishilarning
iqtisodiy sa‘y-harakatlarining asl sabablari ochib beriladi.
Iqtisodiyotni o‗rganishda ilmiy tushunchalar shakllangan va ular yordamida
iqtisodiy hodisalarning mazmuni ochib beriladi. Bunday bilimlarni bizga iqtisodiy
bilimlarning asosiysi –
iqtisodiy nazariya fani o‗rgatadi.
Ushbu fan jamiyat miqyosida yuz beradigan iqtisodiy hodisalar va
voqealiklar, jarayonlar, ularga xos bo‗lgan bog‗lanishlar, ularning qonun-qoidalari
va kishilar faoliyatida namoyon bo‗lish shakllarini o‗rganuvchi fandir. Lekin,
13
iqtisodiy nazariya ijtimoiy ishlab chiqarishning ayrim sohalari, tarmoqlari va
korxonalarida ro‗y beradigan hodisa, voqelik va qonuniyatlarini o‗rganmaydi. Bu
bilan tarmoqlar va korxonalar iqtisodiyoti fanlari shug‗ullanadi.