16
boshqaruvi jarayonida yuzaga keladigan vazifalar tarkibi
bilan belgilanadi va
kursning dasturida to‗la aks ettirilgan.
Bu fan bir qator fanlar bilan o‗zaro aloqada bo‗lib, ularning yutuqlaridan
keng foydalanadi. Jumladan, falsafa,
iqtisodiyot nazariyasi, korxona iqtisodiyoti,
makroiqtisodiyot, miqroiktisodiyot, statistika, menejment, marketing, buxgalteriya
hisobi va xo‗jalik faoliyatini tashkil etish,
moliya va kredit, texnologiya fanlari
bilan uzviy bog‗langandir.
Ushbu fan, eng avvalo, iqtisodiyot nazariyasi va
tarmoq iqtisodiyoti fanlari
rivojlanishi natijasida shakllangan. Bu fan texnik fanlar bilan ham o‗zaro
bog‗likdir. Ishlab chiqarishni tashkil etish fani texnika va texnologiyani bevosita
o‗rganmasada, uning iqtisodiyotiga ta‘sirini chetlab o‗tolmaydi, aksincha,
texnologik
jarayonlarni xom-ashyo, materiallar bilan ta‘minlash, energiyadan
oqilona foydalanish, mahsulot ishlab
chiqarish davrini qisqartirish, ish jarayonini
uzluksiz ishlab chiqarish oqimida tashkil etish, mahsulot sifatini oshirishga erishish
orqali muxandislik iqtisodiy nuqtai nazaridan ko‗rib chiqadi.
Mexaniga sikliga tegishli fanlar mashina va agregatlarni konstruksiyalash va
texnikaviy ekspluatatsiya qilish masalalarini o‗rganadi. Ishlab chikarishni tashkil
etish fani mexnat qurollarini texnologik va mehnat jarayonlari bilan o‗zaro
bog‗liqlikda ko‗rib chiqadi, mashina va uskunalarni joy-joyiga to‗g‗ri qo‗yish va
ulardan oqilona foydalanish, jihozlar birligidan mahsulot olishni ko‗paytirish,
sozlash tizimini yaxshi tashkil etishni ta‘minlaydi.
SHunday qilib, bu fan juda ko‗plab ilmiy fanlar bilan uzviy aloqadordir.
Lekin ular bilan tutashib ketmaydi va mustaqil soha masalalarini o‗rganadi.