20
belgilash asosida amalga oshadi. Korxona o‗z oldiga ongli ravishda maqsad qo‗yib
model yarata oladi va unda ob‘ektiv sharoitlarini inobatga oladi.
Korxonalar o‗z maqsadlariga erishish uchun ma‘lum vazifalarni bajaradilar.
Faoliyat yuritayotgan korxonaning muhim
vazifalariga
quyidagilar kiradi:
Korxona egasining daromad olishi;
Iste‘molchilarni korxona mahsuloti bilan ta‘minlash;
Korxona atrofida yashovchi aholini ish joyi bilan ta‘minlash;
Atrof-muhit, suv, er va havoni muhofaza qilish;
Korxona faoliyatida uzilishga yo‗l qo‗ymaslik.
Ushbu vazifalar quyidagi
omillar
bilan belgilanadi:
Egasining manfaatlari;
Kapital hajmi;
Korxonaning ichki ahvoli;
Tashki muhit.
Ishlab chiqarish korxonasining asosiy funksiyalari
katoriga quyidagilar
kiradi:
Shaxsiy va ishlab chiqarish iste‘moli uchun mahsulot tayyorlash;
Iste‘molchilarga mahsulot etkazib berish va sotish;
Uzluksiz tarzda mehnat unumdorligini o‗stirib borish;
Asosiy va aylanma fondlardan oqilona foydalanish;
Mahsulot sotishdan keyingi xizmat;
Ishlab chiqarishni moddiy-texnika ta‘minlash;
Korxona ishchi-xizmatchilarni mehnatni tashkil etish va boshqarish;
Ishlab chiqarish hajmining har tomonlama o‗sish va rivojlanishiga erishish;
Tadbirkorlik;
Mjburiy va ixtiyoriy to‗lovlarni o‗z vaqtida to‗lash;
Amaldagi standart, me‘yor va davlat qonunlarga amal kilish.
Korxona funksiyalarni quyidagilarga bog‗liq holda aniqlanadi:
Korxona ko‗lami;
Tarmoq mansubligi;
Ixtisoslashuv darajasi;
Ijtimoiy infratuzilma;
Mahalliy hukumat organlari bilan o‗zaro aloqasi.