Bog'liq SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланма
1.5 Sanoat korxonasini boshqarish tizimi Boshqarish to‗g‗risidagi ma‘lumot - bu
menejment hisoblanadi. Menejment -
inglizcha so‗z bo‗lib, o‗zbekcha «boshqaruv» ma‘nosini ifodalaydi. Ilmiy
atamashunoslikda «Menejment» deganda shunday ijtimoiy – iqtisodiy jarayon
tushuniladiki, uning natijasida o‗z oldiga qo‗yilgan maqsadlarga firma resurslariga
rahbarlik qilish orqali erishiladi.
O‗zbekiston Respublikasida bozor munosabatlariga o‗tish sharoitida
boshqarish tizimida tub islohatlarni amalga oshirish talab etiladi. SHu boisdan,
iqtisodiy islohatlarni amalga oshirishning dastlabki bosqichlaridanoq bunga asosiy
e‘tibor qaratildi.
Bugungi kunda bu borada ahamiyatga molik ishlar qilindi. Birinchi
bosqichda totalitor tuzumdan demokratik tuzumga, markazlashtirilgan qayta
taqsimlash mexanizmidan bozor mexanizmiga, qattiq ma‘muriy – buyruqbozlikdan
iqtisodiy omillar va rag‗batlantirish choralari asosida o‗zini-o‗zi boshqarishga,
o‗zini-o‗zi idora etishga o‗tish qiyin bo‗ladi. Bu bosqichda boshqarishning aslida
yangi tizimi vujudga keltirildi.
O‗zbekistonda bu borada tegishli tajriba yo‗q edi va hatto biror bir o‗xshash
ishlar ham bo‗lgan emas. Bozor munosabatlari tarkib topib bo‗lgan va bu
yo‗nalishda endigina dastlabki qadamlarni tashlayotgan mamlakatlardagi
boshqaruvni tashkil etishning turli tizimlari o‗rganildi. SHu asosda butun xalq
xo‗jaligining tarmoqlar va hududlarni boshqarishning eng maqbul o‗z tuzimlari
ishlab chiqildi.
Boshqaruv
sohasidagi
islohatlar
natijasida
ko‗plab
boshqaruv
bo‗g‗inlarining vazifasi o‗zgardi, yangi boshqaruv idoralari tuzildi. Ma‘muriy-
buyruqbozlik tizimining qoldiqlari, nazorat qiluvchi tizim va uning ijrosi idoralari
23
tugatildi. Oldingi taqsimot ishlari hamda ularni amalga oshiruvchi mexanizmlarga
barham berildi.
Iqtisodiy islohatlarni amalga oshirishda boshqaruv apparatining o‗rni muhim
ahamiyatga ega.