31
II BOB. ISHLAB CHIQARISH JARAYONI VA UNI VAQT
ORALIG„IDA TASHKIL ETISH
2.1 Ishlab chiqarish jarayonining turlanishi
Ishlab chiqarish jarayoni
- korxonaning murakkab va ko‗p qirrali faoliyati
asosida tashkil topgan bo‗lib, uning asosiy vazifasi dastlabki xom-ashyosi tayyor
mahsulotga aylantirishdir. Ishlab chiqarish jarayoni mexnat vositasi sanalgan
ishlab chiqarish jarayoni mexnat vositasi sanalgan ishlab chiqarish quroli va jonli
mehnat xarakati yig‗indisidan iborat bo‗lib, xom ashyoning tayyor maxsulotga
aylanishiga xizmat qiladi. Har bir jarayonning asosini fuqaro mehnati tashkil
qiladi. SHaxs ishlab chiqarish jarayonida mexnat vositalari (mashinalar,
moslamalar va xokozalar.) yordamida mexnat predmetlari shaklini o‗zgartiradi,
va natijada tayyor maxsulot ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarish jarayoni
elemenlariga mehnat predmeti, mehnat va mehnat vositasi kiradi (2.1-rasm).