Ishlab chiqarish jarayonlarining turlanishi. Mahsulot tayyorlashning
ishlab chiqarish jarayoni har xil jarayonlardan iborat bo‗ladi. Ular har biri ma‘lum
texnologik bosqichni o‗z ichiga oladi. Mehnat jaryoni elementlari birligi sifat va
miqdoriy belgilariga binoan amalga oshadi va bir qancha yo‗nalishlar bo‗yicha olib
boriladi. Ishlab chiqarishni tashkil etishda funksional, makon va zamondagi
bo‗laklarga ajratish farqlanadi. Ishlab chiqarishni tashkil qilishning funksional
33
elementli bo‗lagi ishlab chiqarishning bir butun jaryonida texnika, texnologiya,
mehnat predmeti va mehnat o‗zining ham tartiblashtirilishini nazarda tutadi. Ishlab
chiqarishni tashkil etishning elementli bo‗lagini asosiy vazifasini yuqori sifatli
mahsulot olishni ta‘minlaydinan asbob-uskunalar, inistrumentlar, material va
yuqori malakali kadrlarni to‗g‗ri tanlash hisoblanadi. Alohida ishlab chiqarish
jarayonlarining (quritish, tozalash va h.k.) o‗zaro birlashishi ishlab chiqarishning
makon va zamonda tashkil etilishini ta‘minlaydi. Tayyor mahsulotni ishlab
chiqarishni ko‗plab alohida jarayonlar yig‗indisidan iboratdir. Ma‘lumki, xom-
ashyoning tayyor mahsulotga aylanishida barcha jarayonlarning roli bir xil
bo‗maydi. Umuman ishlab chiqarish jarayoni asosiy, yordamchi va xizmat
ko‗rsatuvchi kabi turlarga bo‗linadi (2.2-rasm).
2.2-rasm. Ishlab chiqarish jarayonining turlanishi Asosiy ishlab chiqarish jarayonida qayta ishlov berilishi natajasida xom-
ashyoning geometrik andozalari, o‗lchovlri va fizikaviy xususiyati o‗zgaradi va u
tayyor maxsulotga aylanadi. Paxta tozalash korxonalarida bunday jaryonlarga
34
paxta xom-ashyosini quritish va tozalash; jinlash; lintrlash; tola, momiq va chigitni
tozalash; presslashlar kiradi.