• Paxta tozalash korxonasi boshqaruv tuzilmasining vazifalari.
  • Paxta tozalash korxonasining boshqaruv tizimi




    Download 4,06 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet17/116
    Sana14.05.2024
    Hajmi4,06 Mb.
    #232428
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   116
    Bog'liq
    SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланма

    Paxta tozalash korxonasining boshqaruv tizimi. 
    Bugungi kunda barcha 
    paxta tozalash korxonalari hissadorlik jamiyatlari sanaladi. Ushbu ishlab chiqarish 
    korxonalari faoliyatiga rahbarlik qilishni aksiyadorlarning umumiy yig‗ilishi hal 
    qiladi. Korxonani bevosita boshqarish rahbar (hissadorlik jamiyati raisi) zimmasiga 
    yuklanadi. Unga yordam berish tariqasida tarkibiy bo‗limlar, sho‗‗balar va 
    hokazolar yoki korxonani (ishlab chiqarishni) boshqarishda qatnashuvchi ayrim 
    ijrochilar 
    ko‗rinishida ishlovchi yordamchi xizmat apparati tuziladi. 
    Boshqaruvning xizmat apparati yuqori unumli, samarali va tartibli ishlash uchun 
    barcha shart-sharoitlarni ta‘minlashi va kam sonli bo‗lishi kerak. 
    Paxta tozalash korxonalarida sex tuzilmasi bo‗lmaganligi sababli (QTS dan 
    boshqa), boshqaruvning asosiy ob‘ekti – 
    ishlab chiqarish bo„linmalari
    bo‗lib, 
    ularda brigada ishchilari (paxta uzatish, tolani presslash) yoki ayrim ishchilar 
    (jinchilar, momiq ajiratuvchilar va boshqalar) faoliyat yuritadi. Asosiy ishlab 
    chiqarishga smena boshlig‗i yoki smena ustachi rahbarlik qiladi. 
    Smena boshlig‘i (usta)
    bevosita zavodning bosh muhandisiga bo‗ysunadi. 
    Paxta tozalash korxonasining bosh muhandisi butun ishlab chiqarishning texnik 
    jihatdan rahbarligini amalga oshiradi. 


    26 
    Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar
    : ombor, laboratoriya, transport xo‗jaligi 
    tegishli rahbarlar ixtiyorida bo‗lib, bevosita korxona rahbariga bo‗ysunadi. Paxta 
    sanoati korxonalarining ko‗pchiligidagi boshqaruv tuzilmasi taxminan bir xil, faqat 
    korxona ishlab chiqarish xajmlariga bog‗liq holda bir qator tabaqalashtiriladi.
    Paxta tozalash korxonasi boshqaruv tuzilmasining vazifalari. 
    Korxona 
    rahbarining majburiyatlari va huquqlari o‗z navbatida qonuniy tartibga va me‘yoriy 
    aktlarga javob beradigan aksiyadorlar jamoasining ustavi bilan belgilanadi. 
    Korxona rahbari unga ishlab chiqarish va moliyaviy-xo‗jalik faoliyatiga rahbarlik 
    qilish yuzasidan berilgan huquqlar asosida 
    quyidagilarni
    ta‘minlashi lozim: ishlab 
    chiqarish hamda belgilangan nomenklatura va assortimentda mahsulot etkazib 
    berish rejalarini bajarish, ishlab chiqarishga yangi texnika va texnologiyalarni joriy 
    qilish, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishni yaxshilash, muntazam ravishda 
    mehnat unumdorligini oshirish va mahsulot tannarxini kamaytirish, foyda 
    miqdorini oshirishni ta‘minlash, korxonaning davlat byudjeti, mahsulot etkazib 
    beruvchilar va iste‘molchilar oldidagi barcha majburiyatlarni yaxshilash. 
    U o‗z faoliyatida yagona rahbarlik tartibiga rioya qilib, muntazam ravishda 
    ishlab chiqarish kengashlarini o‗tkazishi, ularda ishlab chiqarish rejalari, yangi 
    texnikani joriy etish rejalarining loyihalarini va boshqa muhim masalalarni 
    muhokama etish kerak. 
    Sexlar, bo‗limlar, xizmatlar, ishlab chiqarish bo‗linmalari, xo‗jaliklar va 
    boshqa tarkibiy bo‗linmalar korxona rahbari tomonidan tasdiqlangan Nizomlarga 
    binoan faoliyat ko‗rsatadi.
    Paxta tozalash korxonalarining rahbari bosh muxandis orqali ishlab 
    chiqarish-texnika qismiga, tayyorlov bo‗limi boshlig‗i orqali paxta tayyorlash 
    faoliyatiga rahbarlik qiladi. 
    Bosh muxandis paxta tozalash korxonasi rahbarining birinchi o‗rinbosaridir. 
    Uning faoliyat doirasiga ishlab chiqarishni rivojlantirishning joriy va istiqboliy 
    rejalarini belgilash, ishlab chiqarishga texnik rahbarlik, texnologiya jarayonni 
    yangilash, uskunalar samaradorligini oshirish va mahsulot sifatini yaxshilash, 
    ishlab chiqarishda mehnatni tashkil etish va uning xavfsizligini ta‘minlash, 


    27 
    korxonaning materiallar, ehtiyot qismlar va asboblarga ehtiyojini aniqlash hamda 
    ulardan foydalanishni nazorat qilish kiradi. 
    Korxonaning bosh mexanigi vazifasi doirasiga barcha texnologik va 
    energetik uskunalarning, barcha mashina va mexanizmlarning to‗xtovsiz va unumli 
    ishlashini ta‘minlash kiradi. Uning zimmasiga harakatdagi uskunalarni o‗z vaqtida 
    sifatli ta‘mirlash va modernizatsiyalash hamda yangi uskunalarni montaj qilishni 
    ta‘minlash yuklanadi.
    Bosh mexanikka ta‘mirlash-mexanika ustaxonasi va ta‘mirlash brigadasining 
    brigadiri bo‗ysunadi. Smena boshlig‗i (ustasi) to‗la huquqli rahbar hamda ishlab 
    chiqarish va mexnatning bevosita tashkilotchisi bo‗lib, o‗z bo‗g‗inida ishlab 
    chiqarish rejasining bajarilishi uchun javob beradi. 
    Ustalarga ishlab chiqarish bo‗g‗inlarida ishchilarni ishga qabul qilish va joy-
    joyiga qo‗yish, sex boshlig‗ining (paxta tozalash korxonasida bosh muxandisning) 
    tasdiqlashi bilan ortiqcha, shuningdek, ishlab chiqarish yoki mehnat intizomini 
    buzuvchi ishchilarni ozod etish, ishchilarga belgilangan tartibda tasdiqlangan tarif 
    razryadlarini berish, alohida o‗rnak ko‗rsatgan ishchilarni mukofotlashga va 
    rag‗batlantirishning boshqa turlariga tag‗dim etish huquqi berilgan. U ishlab 
    chiqarish va mehnat intizomini buzuvchi ishchilarga intizomiy jazolar berish, 
    ishlab chiqarish me‘yorlarini muntazam bajarmayotgan va sifatsiz mahsulot ishlab 
    chiqarishga yo‗l qo‗yayotgan ishchilarni past haq to‗lanadigan ishga o‗tkazish 
    huquqiga ega. 
    Usta ishchilarni nosoz uskunada, shuningdek, sifatsiz xom-ashyo va 
    materiallarda ishlashiga yo‗l qo‗ymasligi lozim. Korxona rahbarlari ustalarni 
    ularga xos bo‗lmagan xo‗jalik vazifalari va har xil qo‗shimcha ishlar bilan band 
    qilmasligi kerak. 
    Usta ishlab chiqarishning bevosita tashkilotchisi sifatida o‗z ish bo‗g‗ini 
    bo‗yicha mehnat unumdorligining oshishi va mahsulot birligiga ishlab chiqarish 
    xarajatlarining kamayishini ta‘minlash shart. Uning vazifasiga ish bo‗g‗ini va 
    ishlab chiqarish bo‗yicha reja hamda grafiklarga muvofiq ishchi va brigadirlarga 
    topshiriqlarni belgilash, ishlab chiqarishda xodimlarga yo‗l-yo‗riq berish, mavjud 


    28 
    ishlab chiqarish uskunalaridan samarali foydalanishni, ularni ish bilan yuklash va 
    to‗g‗ri bir maromda foydalanishni ta‘minlashi kerak. Usta belgilangan texnologik 
    va mehnat intizomiga, ish joylarida tozalik va tartibga qat‘iy rioya etilishini 
    kuzatib bormog‗i kerak, ish joylari bo‗yicha barcha ko‗rsatmalar ustalar tomonidan 
    beriladi. 
    Usta ishlab chiqarish grafiklarini ishlab chiqarishda ishtirok etadi, ishlab 
    chiqarishni o‗z vaqtida tayyorlashni va bir maromda ishlashini ta‘minlaydi. Usta 
    xavfsizlik texnikasi hamda ishlovchilarning mehnat muhofazasi qoidalari aniq 
    bajarilishi to‗g‗risida alohida g‗amxo‗rlik qilishi kerak. 
    Smena boshlig‗i (usta)ning bevosita ixtiyorida quyidagilar bo‗ladi: uskunani 
    sozlovchi va smena elektriklari, jinchilar, momiq ajratuvchilar, presschilar, paxta 
    uzatuvchilar, urug‗lik chigit tayyorlash, ishlab chiqarish chiqindilarini yig‗ish, 
    tozalash va qayta ishlash bo‗yicha bo‗lim brigadirlari. 
    Tayyorlov bo‗limi paxtani qabul qilish, saqlash va tashish bilan bog‗liq 
    ishlarga rahbarlik qiladi. Bo‗lim vazifasi tayyorlov maskanlari va etkazib berish 
    bazalariga rahbarlik, paxta etishtiruvchi xo‗jaliklar bilan kontraktatsiya 
    shartnomalari tuzish, urug‗lik chigit tayyorlash, ular bilan paxta tayyorlov 
    maskanlarini va ular orqali paxta etishtiruvchilarni ta‘minlash, o‗rash xo‗jaligini 
    tashkil qilish, xom-ashyo va tayyor mahsulot bo‗limi bilan birga zavodga tola 
    ortish rejalarining bajarilishini ta‘minlaydigan miqdor va assortimentda paxta 
    etkazib berish rejasini ishlab chiqish, tayyorlov maskanlarining xo‗jalik faoliyatini 
    nazorat qilishdan iborat. 
    Xom-ashyo va tayyor mahsulot bo‗limi zavod hududidagi tayyorlov 
    maskanida paxtaning saqlanishini tashkil qiladi, ishlab chiqarishga qayta ishlash 
    uchun paxta yuborilishini rasmiylashtiradi, ishlab chiqarishdan tola, chigit, momiq 
    va chiqindilar qabul qilishni va tayyor mahsulotning saqlanishini tashkil qiladi, 
    paxta mahsulotlarini iste‘molchilarga ortib jo‗natadi va tegishli xujjatlarni 
    rasmiylashtiradi. 
    Reja bo‗limi ishlab chiqarishni rejalashtirish, mehnat va ish haqini tashkil 
    qilish bilan shug‗ulanadi, boshqa bo‗limlar va ijrochilarni jalb qilgan holda 


    29 
    istiqboliy va yillik rejalarini ishlab chiqadi, ish haqi to‗lashni tashkil qiladi, 
    bo‗linmalar rahbarlariga ishlab chiqarish rejasini, xodimlar ish haqi fondlarni 
    hamda ijrochilarga ishlab chiqarish topshiriqlari va belgilangan mehnat 
    meyorlarini etkazadi, ishlab chiqarish rejasi va mehnat rejasi bajarilishining 
    borishini nazorat qiladi. Reja bo‗limi ishlab chiqarish ko‗rsatkichlarini iqtisodiy 
    tahlil qiladi. Uning muhum vazifasi, shuningdek joriy etilgan texnikaning iqtisodiy 
    samaradorligini aniqlashdir.
    Buxgalteriya korxona xo‗jalik faoliyatining hisob-kitobini olib boradi hamda 
    pul mablag‗lari va moddiy boyliklarning sarf xarajatini nazorat qiladi. Uning 
    vazifasi – korxonaning buhgalteriya hisobini va balanslarini olib borish va tuzish, 
    ombor hisob-kitobining olib borilishini hamda hisobdor moddiy jihatdan javobgar 
    shaxslarda saqlanayotgan tovar-moddiy boyliklarning holatini nazorat qilish, 
    tayyorlov maskanlarida hisob-kitobga rahbarlik qilish, taftish va ro‗yxatga olish 
    ishlarini olib boradi, moliyaviy ishlarni bajarishdir. 
    Texnik nazorat bo‗limi (TNB) zavod mahsulotlari (paxta tolasi, chigit, 
    momiq, chiqindilar)ning sifatini, paxtaning turlari, navlari, sinflari va boshqa 
    belgilar bo‗yicha uni qabul qilish, jamlash va saqlashni, tayyorlov maskanlarida va 
    zavod hududida g‗aramlangan paxtaning sifatini baholashni nazorat qiladi. 
    Bo‗limga boshliq rahbarlik qiladi, u ayni vaqtda zavod laboratoriyasini mudiridir. 
    TNB boshlig‗i bevosita korxona rahbariga bo‗ysunadi. 
    Paxta tozalash korxonalarini tarkibiy tuzilishi o‗zgarishiga tayyorlanadigan 
    xom-ashyo sifati va miqdori, bozor kon‘yukturasi va raqobat muhitidagi 
    o‗zgarishlar, ishlab chiqarishning ixtisoslashtirish va koperativlashtirish darajasi va 
    shu kabi boshqa omillar ta‘sir qiladi. 
    Paxta tozalash zavodi-ishlab chiqarish tarkibiy rivojiga ega bo‗lgan sanoat 
    korxonasi hisoblanadi. Paxta tozalash korxonasida nisbatan kam bo‗lgan sanoat 
    ishlab chiqarish personalii (200-250 kishi) band bo‗lsada, u ishlab chiqaradigan 
    mahsulot hajmi etarlicha katta miqdoriy summani tashkil etadi. 
    Zamonaviy paxta tozalash korxonasi to‗liq elektrlashtirilgan bo‗lib, ilg‗or 
    texnika va texnologiya bilan jihozlangan texnologik jarayon yordamida tayyor 


    30 
    mahsulot ishlab chiqarishda paxta xom-ashyosini ham tayyorlashni amalga 
    oshiradi. 
    Ij joyi
    korxonaning quyi qismi bo‗lib, bu erda mehnat jarayonida bitta yoki 
    bir-birlari bilan bog‗liq bo‗lgan bir qancha ishchilar guruhi mehnat qiladi. 

    Download 4,06 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   116




    Download 4,06 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Paxta tozalash korxonasining boshqaruv tizimi

    Download 4,06 Mb.
    Pdf ko'rish