21
1.4 Sanoat korxonasining tarkibi
Korxona tarkibi
– bu uning ichki bo‗linmalarining: sexlar, bo‗limlar,
laboratoriyalar va boshqa yagona xo‗jalik ob‘ektlarning tarkibi va ularning o‗zaro
alokasidir.
Korxona tarkibi quyidagi asosiy omillar bilan belgilanadi:
Korxona ko‗lami;
Ishlab chiqarish tarmog‗i;
Texnologik darajasi va korxona ixtisosi.
Tarkib qandaydir doimiy standart turkum emas. U fan-texnika taraqqiyoti,
ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar ta‘sirida doimo o‗zgarib turadi.
SHu bilan birga tarkibdagi bo‗linmalar turli-tumanligiga qaramasdan,
ularning asosiy maqsadi mahsulot tayyorlash va sotishdir. Muayyan sharoitda
ishlash uchun korxona o‗zida asosiy mahsulot tayyorlovchi sex, setaxonalarga ega
bo‗lishi kerak. Bundan tashqari, korxona o‗z ko‗lamlaridan, qaysi tarmoqqa
mansubligi va ixtisoslashuv darajasidan tashqari mahsulot tayyorlash, uni saqlash
uchun buyurtmalar oladi; buyurtmachiga etkazishni ta‘minlaydi; zarur xom ashyo,
materiallar, asbob-uskunalar, energiya resurslari sotib oladi va etkazib beradi.
Korxonaning tarkibiy bo‗linmalari boshqaruv tizimi orqali o‗zaro bog‗liq va
bu tizim bosh organ hisoblanadi.
Turli xil majburiyatlarini bajarishda yirik va o‗rtacha korxonalarda maxsus
tarkibiy bo‗linmalar – bo‗limlar, sexlar tashkil etiladi. Kichik korxonalarda
majburiyatlar o‗zaro shartnomaga asosan ishchilar o‗rtasida taqsimlanadi.
Asosiy sexlar
quyidagilarga bo‗linadi:
Tayyorlovchi;
Qayta ishlovchi;
Yig‗uvchi (ishlov beruvchi).
Bo‗limlar va laboratoriyalar ham aniq vazifadan qat‘i nazar bevosita
turkumlanadi. Masalan, texnik bo‗lim guruhi bosh konstruktorning o‗rtacha
bo‗limini birlashtirishi mumkin. Bosh texnolog, bosh metallurg, bosh kimyogar,
modeler va boshqalarning bo‗limlari tashkil qilinishi mumkin.
Qaysi tarmoqqa mansublik deyarli har doim u yoki bu darajada korxona
tarkibi va ko‗lamiga ta‘sir qiladi. Ushbu ikki omil ko‗p hollarda o‗zaro bog‗liqdir.
Masalan, kichik korxona mashina va materiallar tayyorlash imkoniyatiga ega emas,
ular fakat yirik korxonalarida yaratiladi. Ayni paytda yirik maishiy xizmat
korxonalarini yaratish ham maqsadga muvofiq emas. Korxona tarkibi bevosita
ishlab chiqarish tarmoq texnologiyasidan kelib chiqadi. Texnologik jarayon
22
qanchalik murakkab bo‗lsa, korxona tuzilmasi shunchalik xilma-xil va katta
o‗lchamli bo‗ladi.
|