24
Boshqaruv tizimlariini shakillantirishning yana bir tamoyili –
bu idora
qilishning birligidir
. Har bir idora bitta rahbarga ega bo‗lishi yoki har bir masala
bo‗yicha bitta boshliq bo‗lishi lozim.
Boshqaruv idoralarini o‗rtasidagi aloqalarning turiga qarab tizimlarni
quyidagi uchta turga ajiratiladi: muntazam (lavozimli), vazifaviy va aralash
(kombinatsiyalash).
Eng
sodda tizimlar
muntazam tizimlardir
. Ularda bitta darajadagi
idoralarning har bir guruhi idora qilish ko‗lamlariga asosan yuqori darajada
o‗zining rahbarlik idorasiga ega bo‗ladi.
Ikkinchi darajadagi idoralar guruhi, uchinchi darajadagi rahbarlik bo‗g‗iniga
ega va hokazo. Ushbu tizimda boshqaruvning barcha masalalari bitta kanal orqali
hal etiladi. U juda ham puxtalik va aniqlikni vujudga keltiradi.
Vazifaviy tizimlar
negizi ixtisoslashtirish g‗oyasiga tayanadi. Bunda har bir
bo‗g‗inga muayyan masalalar birkitib qo‗yiladi. Masalan, bir idora hisob-kitob,
ikkinchisi texnologiya, uchinchisi marketing bilan shug‗illanadi.
Huquqiy
doiralarning cheklanganligi tufayli ixtisoslashtirilgan idora tamoyildan qabul
qilinayotgan qarorlar sifatini yaxshilash imkoniyatiga ega. Lekin bitta
bo‗ysunuvchi idorada bir qancha vazifaviy rahbarlarning mavjudligi o‗ziga xos
murakkablikni keltirib chiqaradi.
Muntazam va vazifaviy qiyinchiliklarga xos qiyinchiliklardan xolos
bo‗lishda
aralash (kombinatsiyalash)
tizimlar – muntazam (shtabli) va cheklangan
vazifali aralash tizimlarning ahamiyati kattadir.
Dasturli – maqsadli tizim aralash tizimlarning alohida turi hisoblanadi.
Boshqaruvning aniq tizimini shakllantirish ijodiy jarayondir. Biroq tizimning ilmiy
jixatdan ishlab chiqilgan namunaviy shakllari qo‗llanilsa
bu ishlarni yanada
osonlashtirish imkonini beradi.
SHu mazmunda boshqaruv idoraning barcha tizimli bo‗linmalari asosiy
beshta guruhni birlashtiradi.
Birinchisi
– boshqaruv ob‘ektlarini idora qiladigan tizimli bo‗linmalardir.
Bunda asosiy masala birinchidan idora qilinish ko‗lamini oshirib yubormaslik
25
bo‗lsa, ikkinchi tomondan uncha ko‗p bo‗lmagan ob‘ektlarni rahbarlik qilish uchun
juda kichkina bo‗linmalar tashkil etolmaslikdan iboratdir.
Ikkinchisi
– asosiy vazifaviy tizimli (rejali, hisob va nazorat bo‗yicha)
bo‗linmalar.
Uchinchisi
– marketing vazifalari (ta‘minot, sotish, fan-texnika taraqqiyoti,
moliya).
To‘rtinchisi
– yordamchi va xizmat ko‗rsatuvchi bo‗linmalar (idora,
devonxona, arxiv va boshqalar).
Beshinchisi
– idora rahbarligi, uning o‗rinbosarlari, assotsiatsiya, kengash va
boshqalar.
Tizimni takomillashtirish–boshqaruvni yuqori bosqichga ko‗tarishning
muhim imkonidir.