• 1.2 Korxonalarning turlari va tashkiliy-texnikaviy tizimi Korxona
  • O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent to‟qimachilik va yengil sanoat instituti




    Download 4,06 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet12/116
    Sana14.05.2024
    Hajmi4,06 Mb.
    #232428
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   116
    Bog'liq
    SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланма

    Fanning vazifalari. 
    Har qanday fanning o‗z vazifasi bo‗lganidek, ushbu 
    fanning ham maqsad va vazifalari mavjud. 
    O‗zbekiston Respublikasi Qomusi va qabul qilingan Qonunlar va hukumat 
    qarorlari asosida kursning 
    vazifalari 
    quyidagilardan iborat: 

    sanoat korxonalarida jonli va buyumlashgan mehnat tuzilishini yaxlit va 
    yagona hamda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarini shakllantirishning asosi 
    deb qarash; 


    17 

    sanoat korxonalarida ishlab chiqarish tizimining o‗zgarish shakllari va 
    yo‗llari, ishlab chiqarish faoliyatining maqsad va vazifalari, ularni amalga 
    oshirish yo‗llari va baholash mezonlarini o‗rganish; 

    ishlab chiqarish jarayonlarining mohiyati, ahamiyati, mazmunini, asosiy va 
    yordamchi ishlab chiqarish, paxta tozalash korxonalarining infratuzilmasini, 
    mehnat va unga haq to‗lashning nazariy va amaliy masalalarini o‗rganish; 

    iqtisodiy islohotlarini amalga oshirish sharoitida korxonalarda boshqarishni, 
    ayniqsa iqtisodiy boshqarishni rejalashtirish, baholash, moliyalash, 
    kreditlash muammolarini echishni o‗rganish. 
    1.2 Korxonalarning turlari va tashkiliy-texnikaviy tizimi 
    Korxona
    – bu xalq xo‗jaligining eng quyi hal qiluvchi ishlab chiqarish
    bo‗g‗inidir. Korxonlar o‗z faoliyatini O‗zbekiston Respublikasining Asosiy qonuni 
    (Konstitutsiyasi) asosida olib boradi. Amaldagi Qonunda «Korxona – huquqiy 
    shaxs huquqiga ega bo‗lgan, mulkchilik huquqi yoki xo‗jalikni to‗la yuritish 
    huquqi bo‗yicha o‗ziga qarashli mol-mulkdan foydalanish asosida mahsulot ishlab 
    chiqaradigan va sotadigan yoki mahsulotni ayirboshlaydigan, ishlarni bajaradigan, 
    xizmat ko‗rsatadigan, bellashuv hamda mulkchilikning boshqa shakllari teng 
    huquqligi sharoitida amaldagi qonunlarga muvofiq o‗z faoliyatini ro‗yobga 
    chiqaradigan mustaqil xo‗jalik yurituvchi sub‘ekt», - deb ta‘riflanadi.
    Korxonalar yuqorida zikr etilgan qonunlar doirasida ustavi asosida ish olib 
    boradi. Ustavni korxonani ta‘sis etuvchi (ta‘sis etuvchilar) tasdiqlaydi. 
    Ushbu ustavda quyidagilar belgilab qo‗yiladi: korxonaning nomi, manzili, 
    faoliyat turi va maqsadlari, uning boshqaruv va nazorat organlari, ularning 
    vakolati, korxona mol-mulkini tashkil etish va foydani (daromadini) taqsimlash 
    tartibi, korxonani tashkil etish va uning faoliyatini to‗xtatish shartlari. 
    Ustavga korxona faoliyatining xususiyatlari bilan bog‗liq bo‗lgan, 
    qonunlarga zid kelmaydigan o‗zga qoidalar ham kiritilishi mumkin. 


    18 
    Korxonaning mulkdori (mulkdorlari) o‗ziga qarashli mol-mulkka egalik 
    qilish, undan foydalanish va uni tassarruf etish huquqiga ega. 
    Korxona mulkini uning asosiy fondlari va aylanma mablag‗lari, shuningdek 
    qiymati korxonaning mustaqil balansida aks etadigan boshqa boyliklari tashkil 
    etadi. Quyidagilar korxona mol-mulkini tashkil etuvchi manbalardir: ta‘sis 
    etuvchilarning pul va moddiy badallari; mahsulot, ishlar, xizmatlarni sotishdan, 
    shuningdek xo‗jalik faoliyatining boshqa turlaridan olingan daromadlar; qimmatli 
    qog‗ozlardan olingan daromadlar; bank va boshqa qarz beruvchilarning kreditlari; 
    kapital mablag‗ va byudjetdan dotatsiyalar; tashkilotlar, korxonalar va 
    fuqarolarning tekinga va xayriya maqsadlarida bergan badallari, shuningdek meros 
    tariqasida, ayirboshlash va sovg‗a qilish yo‗li bilan oladigan daromadlari; 
    O‗zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan o‗zga manbalar. 
    Har xil mezon hamda ko‗rsatkichlar bo‗yicha korxonalarni quyidagi tiplarga 
    ajratish mumkin: 
    1.
    Ishlab chiqaradigan mahsulotlarning ommaviyligi, takrorlanuvchanlik 
    darajasi va korxonalarning ixtisoslashtirilishiga ko‗ra yakka, seriyali va 
    ommaviy ishlab chiqarish turlariga ajratiladi; 
    2.
    Mulk shakllariga muvofiq: O‗zbekiston Respublikasi fuqarolarining, 
    shuningdek ajnabiy fuqarolarning individual (xususiy va shaxsiy) mulkiga 
    asoslangan, jamoa (shirkat) mulkiga asoslangan – jamoa, oila, mahalla 
    korxonalari, ishlab chiqarish koperativlari, aksiyali jamiyatlar, ma‘suliyati 
    cheklangan jamiyatlar, o‗zga xo‗jalik jamiyatlari yoki shirkatlarga qarashli 
    korxonalar, jamoat, dinniy tashkilotlarning korxonalri; davlat mulkiga 
    asoslangan korxonalar; to‗la va ulush qo‗shib ishtirok etishga asoslangan 
    qo‗shma korxonalar; mulkchilikning aralash shakllariga asoslangan 
    korxonalar; mulkchilikning shakllaridan qat‘i nazar kichik va ijara 
    korxonalari. 
    3.
    Ixtisoslashtirish darajasi bo‗yicha korxonalar – ixtisoslashtirilgan va 
    ixtisoslashtirilmagan, universal va aralash korxonalarga bo‗linadi. 
    4.
    Yirikligi bo‗yicha: yirik, o‗rta, kichik korxonalarga ajratiladi. 


    19 
    5.
    Texnika 
    taraqqiyotining 
    darajasi 
    bo‗yicha: avtomatlashtirilgan va 
    avtomatlashtirilmagan; kompleks mexanizatsiyalashtirlgan korxonalarga 
    ajratiladi. 
    6.
    Ishlab chiqarish texnologiyasi va jarayonlarining xususityalari bo‗yicha: 
    mexanik jarayonlar ko‗proq o‗rin egallaydigan, kimyoviy jarayonlar ko‗proq 
    o‗rin egallaydigan. 
    7.
    Mahsulotning iqtisodiy yo‗nalishi bo‗yicha: ishlab chiqarish vositalarini 
    ishlab chiqaruvchi hamda iste‘mol buyumlarini ishlab chiqaruvchi 
    korxonalar. 
    Korxonalar bir qancha belgilari bilan tavsiflanadi. Uni tavsiflovchi asosiy 
    belgilaridan biri – uni tashkil etuvchi tarkibiy qismlarning ishlab chiqarish – 
    texnikaviy birligidir. 
    Korxonaning 
    ishlab chiqarish – texnikaviy birligi
    deb, uning barcha tarkibiy 
    qismlarning bir-biri ma‘lum tartibda ishlab chiqarish jarayonining ma‘lum ketma-
    ketlikda bajarilishiga karab bog‗langanligi va bir-birini o‗zaro ta‘minlashiga 
    aytiladi. 
    Korxonaning 
    iqtisodiy birligi
    deganda uni tashkil qiluvchi hamma tarkibiy 
    qismlarning rejalari bozordagi o‗zgarishlarni hisobga olgan holda korxonada 
    belgilangan yagona reja asosida tuzilishi hamda hisobot, moddiy, texnikaviy, 
    iqtisodiy va rag‗batlantirish mablag‗larining umumiyligi tizimi tushuniladi. 
    Korxonaning 
    tashkiliy birligi
    uning tarkibiy qismlarini bog‗lovchi yagona 
    tashkiliy tizim va yagona rahbar organga ega ekanligi bilan ifodalaniladi. 
    Bugungi kundagi eng muhim masala – bu kichik va o‗rta korxonalarni 
    rivojlantirish, ularga keng imkoniyatlar va imtiyozlar tashkil qilib berishdir. 

    Download 4,06 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   116




    Download 4,06 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent to‟qimachilik va yengil sanoat instituti

    Download 4,06 Mb.
    Pdf ko'rish