• Chapters VI Organization of work of auxiliary industries and farms ….... 120
  • Chapters VII Organization of labor and marketing activities in industrial enterprises …………………………………………………… 133
  • TESTS ……………………………………………………………………….. 181 GLOSARRY …………………………………………………………………. 203 LIST OF USED LITERATURE …………………………………….
  • KIRISH
  • Chapters V  Production program and capacity of an industrial enterprise




    Download 4,06 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/116
    Sana14.05.2024
    Hajmi4,06 Mb.
    #232428
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   116
    Bog'liq
    SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланма

    Chapters V 
    Production program and capacity of an industrial enterprise . 
    106 
    5.1 
    The content of the production program ……………………..... 
    106 
    5.2 
    The essence of production capacity …….…………………… 
    114 
    Chapters VI Organization of work of auxiliary industries and farms …....
    120 
    6.1 
    Organization of work repair facilities …….………………….. 
    120 



    6.2 
    Energy supply activities and their organization ……..………. 
    124 
    6.3 
    In-plant transport, warehousing and fire fighting ......………..
    128 
    Chapters VII Organization of labor and marketing activities in industrial 
    enterprises ……………………………………………………
     
    133 
    7.1 
    Scientific organization of labor ........………………………… 
    133 
    7.2 
    Personnel structure of enterprises of ginning, textile and light 
    industry .........................................................…………………... 
    147 
    7.3 
    Organization of remuneration at the enterprises of ginning, 
    textile and light industry ………………………………………. 
    152 
    7.4 
    Organization of marketing activities …………………………. 
    164 
    TESTS ……………………………………………………………………….. 
    181 
    GLOSARRY …………………………………………………………………. 
    203 
    LIST OF USED LITERATURE …………………………………….
     
    228 
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     



    KIRISH 
     
    Respublikamizda paxtachilik va u bilan bog‗liq turdosh tarmoqlarni 
    rivojlantirish mustaqillik yillarida ayniqsa jadal sur‘atlar bilan olib borildi. 
    Mustaqillik yillarida olib borilayotgan iqtisodiyot sohasidagi tub islohotlarni olib 
    borishdan ko‗zlangan maqsad mamlakatimiz iqtisodiy qudratini oshirish, eksport 
    salohiyatini mustahkamlash, jahon hamjamiyatida o‗z mavqeini yanada oshirish 
    orqali jamiyat a‘zolarining moddiy va ma‘naviy ehtiyojlarini to‗laroq qondirishga 
    yo‗naltirilgandir. Bu muhim vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish borasida 
    hukumatimiz iqtisodiyotning o‗zak tarmoqlarini jadal rivojlantirishga jiddiy 
    e‘tiborini qaratdi. Ana shunday tarmoqlardan biri paxtachilik majmuasi sanaladi. 
    Respublikamiz azaldan paxtani etishtirish bo‗yicha boy tajribaga, etarli 
    moddiy-texnika ta‘minotiga egadir. Shunday bo‗lsada, mustaqilligimizning 
    dastlabki yillaridanoq paxta yakkahokimligiga barham berildi. Bu sohada olib 
    borilgan islohotlar natijasi o‗laroq respublikamiz jahonda paxta etishtirish bo‗yicha 
    nufuzli mavqeiga egadir. 
    Paxtachilik majmuasini yanada rivojlantirishda uning tashkiliy tuzilmasini 
    takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etib, shu maqsadda respublikamizda bozor 
    munosabatlari talablariga mos keladigan, pirovard qo‗shimcha qiymat hosil 
    qiladigan paxta-to‗qimachilik klasterlari tashkil etildi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida 
    har bir ishlab chiqarish bo‗g‗ini o‗z oldiga asosiy maqsad qilib yuqori foyda 
    olishni qo‗yar ekan, bu maqsadga erishishida mavjud moddiy, mehnat va 
    moliyaviy resurslaridan samarali foydalanishi talab etiladi. Paxta-to‗qimachilik 
    klasterlari o‗zlari ishlab chiqargan mahsulotlarning aksariyat qismini xorijga 
    eksport qilmoqda. Xorijlik iste‘molchilar paxtachilik mahsulotlarining sifatiga 
    o‗zlarining yuqori talabini qo‗ymoqdalar. SHuning uchun iste‘molchilar talabini 
    to‗la qondiradigan, raqobatbardosh paxtachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishda 
    nafaqat sifatli xom-ashyo, ilg‗or texnika va texnologiya, balki yuqori malakali 
    mutaxassislarni tayyorlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. 


    10 
    Paxtachilik majmuasi korxonalari faoliyatini tashkil etish va uning 
    iqtisodiyotida o‗ziga xos xususiyatlar borligidan bu majmuada rejalashtirish, ishlab 
    chiqarish faoliyatini hisobga olish va tahlil qilishning ham o‗ziga xos uslublari 
    tarkib topadi. 
    Bir qancha oliy o‗quv yurtlari paxtachilik majmuasi tarkibiga kiradigan 
    sanoatlar uchun har xil kasb va ixtisosliklar bo‗yicha mutaxassislar tayyorlamoqda. 
    Bu mutaxassislar korxonalarda rahbarlik lavozimida bo‗lishidan, ishlab chiqarish 
    tashkilotchisi yoki ayrim bo‗linmalarda bevosita ma‘sul bo‗lib ishlashidan qat‘i 
    nazar, ular bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona raqobatbardoshligini ta‘minlash 
    va ishda yuqori natijalarga erishish uchun samarali ishlab chiqarishni tashkil etish 
    uslublari hamda iqtisodiyoti mukammal bilishlari lozim. 
    Binobarin, ushbu ko‗rsatib o‗tilgan sabablar paxtachilik majmuasi 
    tarkibidagi turdosh sanoat korxonalari uchun texnik muxandislar va iqtisodchi – 
    menejerlarni tayyorlashda, shuningdek ushbu korxonalarda bevosita ishlab turgan 
    xodimlar uchun yaqindan yordam beradigan maxsus darslik hamda o‗quv 
    qo‗llanmalarini yaratishni taqozo qiladi. 
    Ushbu o‗quv qo‗llanmada sanoat ishlab chiqarishini tashkil etishning 
    xususiyatlari, korxonalarni boshqarish va uning ishlab chiqarish tuzilmasi, ishlab 
    chiqarish jarayoni va uni vaqt oralig‗ida tashkil etish, texnik va texnologik 
    tayyorgarlikni tashkil etish, asosiy va yordamchi ishlab chiqarishlarni tashkil etish, 
    marketing faoliyatini tashkil etish masalalari yoritish ko‗proq paxta-to‗qimachilik 
    klasterlari faoliyatining ajralib turadigan belgilariga tayanib amalga oshirilgan. 
    Ushbu o‗quv qo‗llanmadagi materiallarni bayon etishda muallif boshqa 
    turdosh fanlar, ya‘ni paxtani dastlabki ishlash, sanoat sohalari texnologiyasi, 
    buxgalteriya hisobi va hisoboti, statistika, menejment, marketing kabilarning 
    ma‘lumotlariga, tamoyillariga tayangan. O‗qu qo‗llanmani yozish jarayonida 
    ushbu sohadagi qabul qilingan qonunlar, Prezident farmonlari, hukumat qarorlari, 
    me‘yoriy hujjatlar va boshqa bir qancha manba ma‘lumotlaridan foydalanildi. 
    Unga fanni o‗rganishda maqsad talablarga bozor iqtisodiyoti sharoitiga 
    ishlab chiqarish va oqimli jarayonni tashkil etish, yangi texnikaning 


    11 
    samaradorligini aniqlash usullarini tanlash, mehnatni ilmiy tashkil etish, 
    me‘yorlashtirish, biznes-reja va uning asosiy ko‗rsatkichlarini hisoblash yo‗llarini 
    o‗rgatishdan iboratdir. 
    Ushbu o‗quv qo‗llanma oliy o‗quv yurtlarining «To‗qimachilik sanoati 
    mahsuloti 
    texnologiyasi», 
    «Iqtisodiyot», 
    «Menejment», 
    «Marketing», 
    «Buxgalteriya hisobi va audit» kabi ta‘lim yo‗nalishlari bo‗yicha bakalavrlar va 
    magistrlarni tayyorlashga, o‗rta maxsus yurtlari o‗quv va o‗qituvchilariga, aspirant 
    va doktorantlariga, iqtisodiy ishlar bilan shug‗ulanuvchi mutaxassislar, tadbirkorlar 
    hamda iqtisodiyot bilan qiziquvchi kitobxonlar ommasiga mo‗ljallangan. 


    12 

    Download 4,06 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   116




    Download 4,06 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Chapters V  Production program and capacity of an industrial enterprise

    Download 4,06 Mb.
    Pdf ko'rish