420
shaxsni rivojlanishiga olib keluvchi yangi ehtiyojlarni va shu
bilan bir vaqtda ularni qondirishning yangi imkoniyatlari paydo
boʻlishi;
dunyo
bozorida
davlat
ishonchining
oʻsishi va oʻrni
mustahkamlanishi.
Bu esa xalqaro ayirboshlashning nisbatan ustunlik qonuniga
muvofiq qoʻshimcha xarajatsiz millatlar daromadini oshirishga olib
keladi. Shu bilan birga iqtisodiy oʻsish ayrim salbiy oqibatlarga ham
ega. Ularning ichida eng koʻzga tashlanadigani atrof-muhitga ortiqcha
zoʻr berilishi va natijada uni ifloslanishi.
Barqaror iqtisodiy oʻsish uchun sharoitlarni ta’minlash davlatning
muhim vazifasi hisoblanadi. U tartibga solish tayanchlaridan
foydalanib, iqtisodiy oʻsishning ijobiy tomonlarini kuchaytirish va
salbiy tomonlarini tekislash imkoniga ega.