Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet225/366
Sana17.05.2024
Hajmi7,53 Mb.
#240249
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   366
Bog'liq
O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi t

 
If = Idef * Iini
Sanoat ishlab chiqaruvchilar baho indeksi iste’mol narxlari indeksi 
singari hisoblanadi. Lekin bozor savatiga sanoat mahsulotlarigina 
kiritilib ular ulgurji baholarda hisoblanadi. 
 


415 
Nazorat savollari 
1.Milliy iqtisodiyotni tahlil qilish uchun foydalaniladigan 
koʻrsatkichlardan qaysilari makroiqtisodiy koʻrsatkichlar hisoblanadi? 
2. Qoʻshilgan qiymat, yakuniy mahsulot, oraliq mahsulot 
koʻrsatkichlarini tavsiflab bering. 
3. Nima uchun YaIM koʻrsatkichini qayta hisoblashdan ehtiyot 
boʻlish zarur va bunga qanday erishiladi? 
4. YaIMni xarajatlar boʻyicha hisoblashda qoʻllaniladigan 
komponentlar tarkibini sanab oʻting. 
5. Oʻzbekiston Respublikasida YaIMning ishlab chiqarish 
strukturasiga tahliliy sharh bering. 
6. YaIMni taqsimot usulida aniqlashda MHTning yangi talqinida 
keltirilgan hamda iqtisodiy adabiyotlarda qoʻllab kelinayotgan
uslublardagi farqlarni tushuntirib bering. 
7. YaMD koʻrsatkichi qanday hisoblanadi va YaIM koʻrsatkichidan 
nimasi bilan farq qiladi? 
8. ShD, ShTD, YaMTD koʻrsatkichlari oʻrtasidagi bogʻliqlik va 
farqlar nimada? 
9. Baholar indekslarini va real YaIMni hisoblash zaruratini asoslab 
bering? 
10. 
YaIM 
deflyatori 
va 
iste’mol narxlari indeksi 
koʻrsatkichlarining farqlarini izohlang. 


416 
 
 
XIX BOB. IQTISODIY DAVRLAR VA TEBRANISHLAR 
 
19.1. Iqtisodiy oʻsish tushunchasi va uning oʻlchanishi 
Jamiyat taraqqiyotini ifodalovchi asosiy mezonlardan biri 
iqtisodiy oʻsishdir. Bu obyektiv qonuniyat boʻlib, aholi oʻsishi va fan- 
texnika jarayonlari bilan bogʻlangan. U milliy iqtisodiyot rivojlanishi 
harakatini koʻrsatadi va shu sababli vaqtning ma’lum davrlariga (chorak, 
yil va undan oʻzoq vaqtga) makroiqtisodiy koʻrsatkichlarni (YaIM, SIM, 
MD) taqqoslash yoʻli bilan oʻlchanadi. 
Iqtisodiy oʻsish ikki usul bilan aniqlanadi va oʻlchanadi. 
Birinchi usul real YaIMni oʻtgan davrga nisbatan oʻzgarishi 
sifatida aniqlanadi va mamlakatning umumiqtisodiy imkoniyatlari 
harakatini ifodalash uchun ishlatiladi. Ikkinchi usul real YaIMni oʻtgan 
davrga nisbatan aholi jon boshiga oʻzgarishi sifatida aniqlanadi va 
mamlakat ijtimoiy rivojlanish darajasini va harakatining sifat 
oʻzgarishlarni ifodalash uchun foydalaniladi. 
Iqtisodiy oʻsishning aholi jon boshiga hisoblash koʻrsatkichlari 
makroiqtisodiy tahlil qilish va istiqbolni belgilash, xalqaro taqqoslashda 
koʻproq ishlatiladi. Iqtisodiy oʻsish sur’atlari va qoʻshimcha oʻsish 
surʼatlari bir-biridan farqlanadi.
Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish tarixini oʻrganish, ulardan 
hech biri uzoq muddatda bir tekis rivojlanmaganligi, aksincha, barcha 
mamlakatlar uchun davriy rivojlanish xos ekanligini koʻrsatadi. 
Ishlab chiqarish, bandlilik va inflyatsiya darajasining davriy 
tebranishga iqtisodiy davr (sikl)lar deyiladi. Ayrim iqtisodiy davrlar 
boshqalaridan oʻtish davrining davomiyligi va faolligi bilan farq qiladi. 
Shunga qaramasdan ularning barchasi bir xil bosqichlardan tashkil 
topadi (4-chizma). 


417 
Iqtisodiy
faollik choʻqqi retsessiya choʻqqi
potensial
darajasi
koʻtarilish 
pasayishning quyi nuqtasi iqtisodiy davr vaqt 
1-chizma.

Download 7,53 Mb.
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   366




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish