Iqtisodiyotning davriy rivojlanishi




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet226/366
Sana17.05.2024
Hajmi7,53 Mb.
#240249
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   366
Bog'liq
O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi t

 Iqtisodiyotning davriy rivojlanishi 
Iqtisodiy davrlar toʻrtta bosqichni oʻz ichiga oladi. Birinchi bosqich 
iqtisodiy rivojlanishning eng yuqori darajasiga erishilgan bosqich boʻlib, 
u “
choʻqqi”
deb yuritiladi. Bu iqtisodiyotda ish bilan toʻliq bandlik, 
ishlab 
chiqarish 
toʻla 
quvvatda 
ishlayotganligi, 
shuningdek, 
mahsulotlarning baho darajasining oʻsish holati kuzatiladi.
Keyingi bosqich 
pasayish (retsessiya)
bosqichidir. Bunda ishlab 
chiqarish va bandlik darajalari kamayadi, ammo bahoning oʻsish 
darajasi pasaymaydi. Bu bosqich faol va uzoq davom etsagina bahoning 
oʻsish darajasi sustlashishi mumkin. 
Pasayishning quyi
nuqtasida ishlab 
chiqarish va bandlik eng quyi darajaga tushadi va turgʻunlik davri 
boshlanadi.
Koʻtarilish
bosqichida ishlab chiqarish va bandlik darajasi asta-
sekin oshib, ishlab chiqarish quvvatlaridan toʻliq foydalanish va toʻliq 
bandlik darajasiga erishiladi. 
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, iqtisodiy davrlar bir xil bosqichlarga 
ega boʻlsada, ammo ular davomiyligi va faolligiga koʻra oʻzaro farq 
qilib turadi. Shuning uchun ham iqtisodchilar, bu jarayonlarni iqtisodiy 
davrlar deb emas, balki iqtisodiy tebranishlar deb atash toʻgʻri boʻladi 
deb hisoblashadi. Iqtisodiy tebranishlarning asosiy sababi sifatida 
iqtisodchilar uch omilni koʻrsatadi.


418 
Birinchi guruh olimlar iqtisodiy tebranishlarning asosiy sababi 
texnika va texnologiyalarda roʻy beradigan oʻzgarishlar deb 
hisoblaydilar. Ularning fikricha fan-texnika yutuqlarini qoʻllash 
natijasida iqtisodiyotda oʻsish roʻy beradi. Masalan avtomobilning 
yaratilishi, yoqilgʻi sanoati, neft qazib chiqarish, ximiya, yoʻl qurilishi 
materiallari sanoatlarining jadal rivojlanishiga sabab boʻldi. Yangi 
texnologiyalar ishlab chiqarish unumdorligini bir necha baravar oshirish, 
ilgari foydalanilmagan resurslarni ishga tushirish imkonini beradi. 
Texnik va texnologik yangiliklar doim ham yaratilavermasligi 
iqtisodiyotdagi tebranishlarga sabab boʻladi. 
Olimlarning yana bir guruhi iqtisodiy bosqichlarni siyosiy va 
tasodifiy vaziyatlarga bogʻlashadi. 
Bu jarayonni monetar siyosatga bogʻlaydigan olimlar ham mavjud. 
Ya’ni, davlat qanchalik koʻp pul bosib chiqarsa, uning qadri shunchalik 
kamayib boradi, va aksincha, pul miqdori qanchalik kam boʻlsa, ishlab 
chiqarish koʻlamining pasayishi va ishsizlar sonining ortishi shunchalik
tezlashadi. Xullas, iqtisodiy bosqichlarni baholashga turli xil 
yondashuvlar mavjud. Ammo barcha iqtisodchilar, ishlab chiqarish va 
bandlilik darajalarini yalpi talab va boshqacha aytganda yalpi xarajatlar 
miqdoriga bogʻliq, degan fikrni qoʻllab-quvvatlaydilar. Chunki, 
korxonalar oʻz tovar va xizmatlarini ularga talab boʻlsagina ishlab 
chiqaradi. Boshqacha aytganda, talab katta boʻlmasa, korxonalarda tovar 
va xizmatlarni katta miqdorda ishlab chiqarish foydali emas. Oʻz 
navbatida, ishlab chiqarishda bandlilik va daromadlar darajasi ham, 
aynan shu sababli past boʻladi. Yalpi xarajatlar miqdori qanchalik koʻp 
boʻlsa, ishlab chiqarishning oʻsishi katta foyda olib keladi. Shuning 
uchun ishlab chiqarish, bandlilik va daromadlar darajasi ortib boradi.
Iqtisodiy tebranishlar sabablarini, ularga ta’sir etuvchi omillarni 
oʻrganish, iqtisodiy tebranishlar amplitudasini qisqartirish barcha 
hukumatlar makroiqtisodiy siyosatining muhim maqsadlaridan biridir.

Download 7,53 Mb.
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   366




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish