Mehnat bozoridagi talab egri chizigi




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet230/366
Sana17.05.2024
Hajmi7,53 Mb.
#240249
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   366
Bog'liq
O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi t

Mehnat bozoridagi talab egri chizigi


425 
5.1-
 
Makrokoʻlamdagi talab va taklif nazariyasi asosida 
mehnatga boʻlgan talabning egri chizigʻi quyidagi koʻrinishga ega 
boʻladi 
(5.1 chizma).
 
20.1-chizmadan koʻrinib turibdiki, egri chiziqning salbiy tomonga 
ogʻish tendensiyasi mavjud. Real ish haqini qisqartirish natijasida 
mehnatga boʻlgan talab oshmoqda va aksincha, real ish haqi oshsa, 
mehnatga boʻlgan talab kamayadi. 
Endi mehnatning taklif funksiyasiga kelsak, bu yerda individ 
oʻzining samarali xizmatini taklif qiladi. Individ oʻz xizmatini ish 
haqining puldagi ifodasidan kelib chiqib emas, balki ish haqining 
oʻlchovlaridan kelib chiqib taklif qiladi.
Iqtisodiyotning beqaror rivojlanishi oqibatida, iqtisodiy pasayish 
davrida ishlab chiqarish resurslari toʻliq foydalanilmay qoladi. YaIMni 
yaratishda qatnashadigan iqtisodiy resurslarning eng asosiylaridan biri 
boʻlgan mehnat resurslaridan toʻliq foydalanilmaslik ishsizlikda 
namoyon boʻladi. 
Makroiqisodiy tahlilda mehnat resurslari emas, balki ishchi kuchi
kategoriyasidan koʻproq foydalaniladi. 
Ishchi kuchi yoki iqtisodiy faol aholi deganda mehnatga layoqatli 
yoshdagi ishlayotgan va ishsiz yurgan aholining umumiy soni 
tushuniladi. 
Mehnat bozorida boshqa resurslar bozori singari talab va taklif 
qonuni amal qiladi. Ishchi kuchining bahosi hisoblangan real ish haqi 
hajmi oshsa ishchi kuchiga boʻlgan talab qisqaradi, agar real ish haqi 
hajmi kamaysa ishchi kuchiga boʻlgan talab ortadi, ishchi kuchi taklifi 
esa kamayadi. Ishchi kuchiga boʻlgan talab miqdorining ishchi kuchi
taklifi miqdoridan kam boʻlishi ishsizlikni keltirib chiqaradi.
Ishsizlar
– bu, ishchi kuchining bir qismi boʻlib, ijtimoiy ishlab 
chiqarishda band boʻlmagan, lekin ishlashni xohlovchi va faol ish 
qidirayotgan aholidir.


Download 7,53 Mb.
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   366




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish