Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet238/366
Sana17.05.2024
Hajmi7,53 Mb.
#240249
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   366
Bog'liq
O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi t

Taklif inflyatsiyasi
bu, mamlakat iqtisodiyotida tovar va xizmatlar 
taklifining kamayishi natijasida tovar va xizmatlar baholarining 
oshishidan paydo boʻladi. Bunday hollarda ortiqcha talab boʻlmasa ham 
tovarlarning baholari oshib boradi. Hatto ish bilan bandlik va YaIM 
ishlab chiqarish kamaygan yillari tovarlarning bahosi oshadi. Jami taklif 
qisqarishining asosiy sababi mahsulot birligiga sarflangan xarajatlarning 
oʻsishi hisoblanadi. Bunda nominal ish haqi, xomashyo va yoqilgʻi 
narxlarining oshishi natijasida ishlab chiqarish tannarxi ham oshadi.
Taklif inflyatsiyasining kelib chiqishiga, shuningdek, taklif 
mexanizmining buzilishi ham ta’sir qiladi. Taklif mexanizmi esa 
tasodifiy holda asosiy ishlab chiqarish omillari bahosining keskin 
koʻpayishidan kelib chiqadi. Iqtisodchi olimlarning fikriga koʻra, taklif 
inflyatsiyasi oʻz-oʻzini cheklaydi. Ishlab chiqarishning pasayishi 
xarajatlarning qoʻshimcha oʻsishini cheklaydi, chunki ishsizlikning 
oʻsishi nominal ish haqining asta-sekin pasayishiga olib keladi. Talab 


436 
inflyatsiyasini cheklash uchun esa maxsus chora-tadbirlar koʻrish zarur 
boʻladi. Inflyatsiya darajasi yuqori boʻlgan mamlakatlarda ishlab 
chiqarishning haqiqiy hajmi qisqarishi bilan bir vaqtda nominal 
hajmining ortib borishi kabi vaziyat sodir boʻladi. Daromadlarni ishlab 
chiqarish tomonidan ta’minlanmagan oʻsishi aholi qoʻlidagi pulning 
taklif qilinayotgan tovar va xizmatlardan oshiqchaligiga olib keladi. 
Bunday hol pul birligining xarid quvvatini pasaytiradi, bir miqdordagi 
pulga joriy yilda oʻtgan yildagiga nisbatan aholi kamroq mahsulot sotib 
oladi, ya’ni, uning real daromadi kamayadi. Misol uchun, joriy yilda 
aholining nominal daromadlari 30% ga koʻpaygan, narxlar darajasi 50% 
ga oshgan boʻlsa, unda aholining real daromadlari 20% ga kamaygan 
boʻladi. Chunki, narxlarning oʻsishi aholi pul daromadlarining 
oʻsishidan yuqori boʻlgan (30% - 50%q- 20%).
Inflyatsiyani real daromadlar darajasiga ta’siri u kutilayotgan yoki 
kutilmayotganiga ham bogʻliq. 

Download 7,53 Mb.
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   366




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish