Inflyatsiyaning turlari. Talab va taklif inflyatsiyasi




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet237/366
Sana17.05.2024
Hajmi7,53 Mb.
#240249
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   366
Bog'liq
O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi t

 
21.2. Inflyatsiyaning turlari. Talab va taklif inflyatsiyasi. 
 
Talab inflyatsiyasi
iqtisodiyotda talab keskin oshib ketishi va uni 
ishlab chiqarishning real hajmi bilan qondirish mumkin boʻlmay qolgan 
sharoitlarda kelib chiqadi. Ya’ni, toʻliq bandlilikka yaqin sharoitda 
iqtisodiyotning ishlab chiqarish imkoniyatlari oʻsib borayotgan yalpi
talabni qondirolmaydi. Ortiqcha talab esa real tovarlar bahosining 
koʻpayishiga iqtisodiy bosim beradi va talab inflyatsiyasi kelib chiqadi. 


435 
Yoki, oddiy soʻzlar bilan aytganda, “haddan ziyod pullar haddan kam 
tovarlarni ovlaydi”. Talab inflyatsiyasini keltirib chiqaruvchi asosiy 
sabablar aholining ish bilan toʻliq bandligi va ish haqining oshib borishi 
hisoblanadi. Demak, inflyatsiya talab, taklif, ish bilan bandlik, baho, 
ishlab chiqarish sur’atlari kabi koʻpgina omillarga bogʻliq.
Iqtisod pasayish holatida boʻlganda mamlakatda jami talab oshsa
ishlab chiqarish hajmi koʻpayadi, ishsizlik kamayadi, baho darajasi esa 
deyarli 
oʻzgarmaydi yoki kam miqdorda oʻzgaradi. Baho 
oʻzgarmasligining sababi shundaki, katta hajmdagi boʻsh turgan mehnat 
va xomashyo resurlarini shu oʻzgarmas bahoda ishga tushirish mumkin 
boʻladi. Chunki, ishsiz yurgan kishi ish haqini oshirishni talab qilmaydi, 
uning uchun ishga yollanishning oʻzi kifoya hamda qoʻshimcha stanok 
sotib olishga hojat yoʻq. 
Bundan tashqari, baho ishchi kuchini toʻla ish bilan bandligiga 
erishishdan oldin ham oshishi mumkin. Ya’ni, ba’zi sanoat 
korxonalarida boʻsh turgan resurs va zaxiralarni ishlab chiqarishga 
ertaroq toʻliq jalb qilinadi, natijada ular talabning oʻsishiga mos ishlab 
chiqarishga, taklifga erisha olmaydi. Talab, taklifdan koʻpayib ketadi, 
natijada baho yana osha boshlaydi. 

Download 7,53 Mb.
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   366




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Inflyatsiyaning turlari. Talab va taklif inflyatsiyasi

Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish