• Foiz stavkasi samarasi
  • P↑ → MD↑ (MS const) → R↑ → I↓ → AD↓ Boylik samarasi yoki real kassa qoldiqlari samarasi
  •  Yalpi talabning baho va bahodan boshqa omillari




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet245/366
    Sana17.05.2024
    Hajmi7,53 Mb.
    #240249
    1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   366
    Bog'liq
    O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi t

    22.2. Yalpi talabning baho va bahodan boshqa omillari

    Baholar darajasi va yalpi talab oʻrtasidagi teskari bogʻliqlik, 
    quyidagi baho omillari bilan izohlanadi: 
    1. Foiz stavkasi samarasi
    2. Boylik samarasi yoki real kassa qoldiqlari samarasi; 
    3. Import xaridlar samarasi. 
    Foiz stavkasi samarasi
    shuni bildiradiki, yalpi talabning egri chiziq 
    boʻyicha surilishi narxlar darajasi oʻzgarishining foiz stavkasiga boʻlgan 
    ta’siriga bogʻliq.
    Demak, tovarlarning baho darajalari oshsa, iste’molchilarga xarid 
    qilish uchun katta miqdorda naqd pul kerak boʻladi. Ishbilarmonlar 
    uchun ham ish haqi va boshqa xarajatlarni toʻlashga katta miqdorda 
    pul zarur boʻladi. Qisqacha aytganda, tovarlar bahosi darajalarining 
    yuqoriligi pulga boʻlgan talabni oshiradi. 
    Pul taklifi hajmi oʻzgarmagan holatda talabning oshishi foiz 
    stavkasini koʻrsatilishiga olib keladi. Foiz stavkalari yuqori boʻlgan 
    sharoitda ishbilarmonlarning investitsiya tovarlariga boʻlgan talabi 
    pasayadi. 
    Investitsiya xarajatlari yalpi talabning bir qismi boʻlganligi tufayli 
    bu yalpi talab hajmining pasayishiga olib keladi, yaʼni: 


    447 
    P↑ → MD↑ (MS const) → R↑ → I↓ → AD↓ 
    Boylik samarasi yoki real kassa qoldiqlari samarasi
    shuni 
    bildiradiki, narxlar darajasining oshishi, jamgʻarilgan moliyaviy aktivlari 
    (omonatlar, obligatsiyalar) real xarid qobiliyatini pasaytirib yuboradi. 
    Bunday sharoitda aholi moliyaviy aktivlarning real qiymatini tiklash 
    uchun joriy daromadidan iste’mol xarajatlar miqdorini qisqartiradi. 
    Masalan, muayyan shaxs aktivida 10 mln. soʻm boʻlsa, undan hech 
    ikkilanmasdan birorta avtomashina sotib olishi, agarda inflyatsiya 
    ta’sirida mashina narxi 12 mln. soʻmga koʻtarilsa, u mashina sotib 
    ololmasligi mumkin va yana 2 mln. soʻm toʻplash uchun joriy davrda 
    olgan ixtiyoridagi daromadidan koʻproq qismini jamgʻaradi. 
    Iste’mol xarajati yalpi talabning bir qismi boʻlganligi tufayli uning 
    kamayishi ADning pasayishiga olib keladi. 

    Download 7,53 Mb.
    1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   366




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Yalpi talabning baho va bahodan boshqa omillari

    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish