448
Yalpi talabning bahoga bogʻliq boʻlmagan omillariga
quyidagilarni kiritamiz:
Iste’mol xarajatlaridagi oʻzgarishlar:
a) iste’molchilarning real moddiy aktivlari miqdorining oʻzgarishi;
b) iste’molchilar kutishi;
d) iste’molchilarning qarzlari miqdorining oʻzgarishi;
e) iste’molchilar daromadlaridan olinadigan
soliqlar miqdorining
oʻzgarishi.
Investitsiya xarajatlaridagi oʻzgarishlar:
a) foiz stavkasidagi oʻzgarishlar;
b) investitsiyalardan kutilayotgan foyda normasining oʻzgarishi;
d) korxonalardan olinadigan soliqlar miqdorining oʻzgarishi;
e) yangi texnologiyalarning ishlab chiqarishga jalb qilinishi;
f)zaxiradagi quvvatlar oʻzgarishi.
Davlat xarajatlarining oʻzgarishi. Masalan, harbiy xarajatlar va
yangi kasalxona va boshqa muassasalar qurishga qaror qilinganda:
Sof eksport hajmidagi oʻzgarishlar:
a) boshqa mamlakatlar milliy daromadlarining oʻzgarishi;
b) valyuta kurslaridagi oʻzgarishlar.
Pulning miqdoriy nazariyasi tenglamasi
yuqoridagilardan tashqari
yalpi talabning narxlarga bogʻliq boʻlmagan yana ikki omilini beradi.
Bular: pul taklifi (M) va pulning aylanish tezligi (V) dir.
Yalpi talabning bahoga bogʻliq boʻlmagan omillari ta’sirida AD
egri chizigʻi oʻngga yoki chapga siljiydi. Natijada ma’lum baho
darajasiga mos keluvchi talab qilinayotgan yalpi ichki mahsulot hajmi
oʻzgaradi.
Pul taklifining, pulning
aylanish tezligining oshishi, boshqa
davlatlar milliy daromadining oshishi,
milliy valyuta kursining
ma’lum miqdorda pasayishi (bular eksportning ortishi, importning
pasayishiga olib kelishi tufayli) oqibatida sof eksportning pasayishi va
yalpi xarajatlar turli komponentlarining oshishi AD egri chizigʻining
oʻngga siljishiga olib keladi. Bunga aksincha boʻlgan
holatlarda AD
egri chizigʻi chapga siljiydi.