• Oraliq kesma
  • Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet248/366
    Sana17.05.2024
    Hajmi7,53 Mb.
    #240249
    1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   366
    Bog'liq
    O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi t

    Vertikal yoki klassik kesma
    da iqtisodiyot toʻliq bandlik sharoitiga 
    yoki ishsizlikning tabiiy darajasi sharoitiga erishgan vaziyatni 
    koʻramiz. Iqtisodiyot egri chiziqning bu kesmasida oʻzining ishlab 
    chiqarish potensiali darajasida boʻladi. Bu shuni bildiradiki, 
    baholarning har qanday oshishi ishlab chiqarish hajmining oshishiga 
    olib kelmaydi. Chunki, iqtisodiyot toʻliq quvvatda faoliyat koʻrsatayapti. 
    Toʻliq bandlik sharoitida ayrim firmalar boshqa firmalarga nisbatan 
    resurslarga yuqoriroq baholarni taklif etish orqali ishlab chiqarish 
    hajmini oshirishga harakat qiladi. Ammo, bunday holatda ayrim 
    firmalarning resurslar va ishlab chiqarish hajmini oshirishi, boshqalar 
    uchun yoʻqotishga olib keladi. Natijada bu mahsulotlar bahosi oshishi 
    mumkin, lekin ishlab chiqarishning real hajmi oʻzgarmay qoladi.
    Klassik nazariyada yalpi taklifni tahlil qilish quyidagi shartlarga 
    tayanadi: 
    - ishlab chiqarish hajmi faqatgina ishlab chiqarish omillari hajmiga 
    va texnologiyalarga bogʻliq va baholar darajasiga bogʻliq emas; 
    - ishlab chiqarish omillari va texnologiyalarda oʻzgarish sekinlik 
    bilan roʻy beradi; 
    - iqtisodiyot toʻliq bandlik sharoitida amal qiladi, ya’ni ishlab 
    chiqarish hajmi potensial darajaga teng; 


    451 
    - baholar va nominal ish haqi oʻzgaruvchan, ularning oʻzgarishi 
    bozorlarda muvozanatni ta’minlab turadi. 
    Oraliq kesma
    – ishlab chiqarish real hajmining oʻsishi narxlar 
    darajasining oʻsishiga mos ravishda oʻsib boradi. Nima uchun? Chunki, 
    iqtisodiyotning pasayish holatidan toʻliq bandlikka oʻtishi notekis va 
    turli vaziyatlarda roʻy beradi. Masalan, ayrim tarmoqlarda resurslarning 
    yetishmasligiga duch kelinsa, boshqa tarmoqlarda hozircha ortiqcha 
    resurslar mavjud boʻladi. Shuningdek, ular ishlab chiqarishni 
    kengaytirish uchun yangi asosiy vositalar sotib olish va malakasiz 
    mutaxassislardan foydalanishiga toʻgʻri keladi. Bu esa mahsulotlar 
    birligiga ketadigan xarajatlarning oshishiga va natijada baholar 
    darajasining oʻsishiga olib keladi. 
    Ishlab chiqarish hajmi koʻpayishi yoki kamayishi bahoga bogʻliq 
    boʻlmagan omillar hisobiga ham roʻy berishi, bu omillar esa yalpi 
    taklif egri chizigʻini oʻng yoki chap tomonga siljitishi mumkin. 
    Bahoga bogʻliq boʻlmagan omillarning xususiyati shundaki, ular 
    mahsulot birligiga ketgan xarajatlarga bevosita ta’sir qiladi va shu 
    orqali jami taklif egri chizigʻining siljishiga sabab boʻladi.
    Bu omillarga texnologiyalardagi oʻzgarishlar, ishlab chiqarish 
    omillari miqdorining oʻzgarishi, resurslar baholarining oʻzgarishi, 
    firmalarni soliqqa tortishdagi oʻzgarishlar va boshqalar kiradi. 

    Download 7,53 Mb.
    1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   366




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish