|
AD-AS modelida makroiqtisodiy muvozanat Pdf ko'rish
|
bet | 249/366 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 7,53 Mb. | | #240249 |
Bog'liq O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi t22.4. AD-AS modelida makroiqtisodiy muvozanat
AD va AS egri chiziqlarining kesishish nuqtasi ishlab
chiqarishning muvozanatli hajmi va baholarning
muvozanatli
darajasini belgilaydi. Baholarning muvozanatli darajasi deganda
baholarning shunday darajasi tushuniladiki, unda jami talab va taklif bir-
biriga mos kelishi yoki teng boʻlishi kerak. Modelda makroiqtisodiy
muvozanatga erishish mexanizmini dastlab oraliq kesmada koʻrib
chiqamiz (22.3-chizma). Dastlab muvozanat e nuqtasida oʻrnatilgan.
Baholarning muvozanatli darajasi va yalpi ishlab chiqarish hajmining
muvozanatli hajmlari mos ravishda Pe va Ye lar bilan belgilangan. Nima
452
uchun Pe narxlarning muvozanatli darajasini va Ye esa yalpi ishlab
chiqarishning muvozanatli hajmini bildirishini koʻrsatishimiz uchun
baholarning muvozanatli darajasi Pe emas, balki P1 deb hisoblaymiz.
R AS
Pe
P1 e AD
Y
Y 1 Y e Y 2
22.3-chizma.
Yalpi taklif egri chizigʻining oraliq kesmasidagi
muvozanat
Baholar darajasi P1 boʻlgan vaziyatda ishlab chiqaruvchilar yalpi
ishlab chiqarish hajmini Y 1 miqdoridan oshirmaydi.
Iste’molchilar baholar darajasi P1 boʻlganda mahsulotlarni Y 2
darajada sotib olishga tayyor turadi. AD>AS boʻlganligi tufayli
iste’molchilar oʻrtasidagi raqobat baholar darajasini Pe gacha suradi.
Baholar darajasining P1 dan Pe gacha koʻtarilishi ishlab chiqarish
hajmini Y1 dan Ye gacha oshirishga va iste’molchilar talabini Y2 dan
Ye gacha kamayishga olib keladi. Natijada AD va AS egri chiziqlari e
nuqtada kesishadi. Demak, aynan Re baholarning muvozanatli darajasi
va e muvozanat nuqtasidir.
22.4-chizmada yalpi talab egri chizigʻi yalpi taklif egri chizigʻi
bilan keyns kesmasi kesishadigan vaziyat tasvirlangan. Bunday
vaziyatda makroiqtisodiy muvozanat nuqtasi baholar darajasi bir xil
turganda ham oʻzgaradi. Buni tushunish uchun avvalo yalpi ishlab
chiqarishning muvozanatli hajmini Ye va muvozanatli baholar darajasini
Pe bilan belgilaymiz.
453
R
AD
Pe AS
0 Y2 Ye Y1 Y
22.4-chizma.
|
| |