455
uchun muomalaga chiqarilayotgan pul massasi bilan tovar va xizmatlar
ishlab chiqarish real hajmi oʻrtasida muayyan nisbatga amal qilinishi
lozim.
Biroq,
milliy
iqtisodiyotlarning
baynalminallashuvi
va
globallashuv jarayonlari pul muomalasining amal qilishiga ham oʻz
ta’sirini oʻtkazib, dastlab ayrim mamlakatlar, masalan AQShda,
keyinchalik koʻplab mamlakatlarda mazkur qonunga rioya qilishning
zaiflashuviga, keyin esa uni umuman e’tiborga olmaslikka qadar olib
keldi”
12
.
Natijada muomaladagi pul massasi (yalpi talab) tovarlar va
xizmatlar hajmi oʻrtasida muvozanat buzildi, va moliyaviy inqiroz
iqtisodiy inqirozga aylandi.
Shu sababli ham makroiqtisodiy siyosatning asosiy vazifalaridan
biri makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlashdan iboratdir. Bunda yalpi
talab va yalpi taklifning dinamik muvozanatiga erishish uchun yalpi
talabni ragʻbatlantirish yoki cheklash siyosati, shuningdek, yalpi taklifni
ragʻbatlantirish siyosati qoʻllaniladi.
Yalpi
talabni
ragʻbatlantirish
siyosatining
koʻrinishlariga
daromadlarni oʻstirish, soliqlarni kamaytirish, bank kreditlarini
arzonlashtirish, narxlarni cheklash tadbirlari kirsa, yalpi taklifni
ragʻbatlantirish siyosatida investitsiyalarni ragʻbatlantirish, ishlab
chiqaruvchilarga soliq yukini pasaytirish, eksportchilarni qoʻllab-
quvvatlash va h.k. choralar kiradi.