465
2.
Avtonom iste’mol kategoriyasining
mohiyatini tushuntirib
bering.
3.
Iste’molga oʻrtacha va chegaraviy moyillik koʻrsatkichlarini
izohlab bering?
4.
Iste’mol grafigini izohlang.
5.
Jamgʻarish grafigini izohlang.
6.
Jamgʻarmaga oʻrtacha va chegaraviy moyillik koʻrsatkichlarini
izohlab bering?
7.
Qaysi mablagʻlarni investitsiya tarkibiga kiritamiz?
8.
Akselerator modelini tushuntirib bering.
9.
Kutilayotgan sof foyda normasi oʻzgarishi
qaysi sabablarga
koʻra roʻy beradi va u investitsiya hajmiga qanday ta’sir koʻrsatadi.
10.
Iste’mol, jamgʻarish va investitsiya
funksiyalari qanday
koʻrinishga ega?
466
XXIV BOB. INVESTITSIYA VA UNING
IQTISODIYOTDAGI OʻRNI
24.1. Investitsiyalarning mohiyati, grafigi va funksiyasi
Investitsiyalar yoki kapital qoʻyilmalar – bu, hali buyumlashmagan,
lekin ishlab chiqarish vositalariga qoʻyilgan kapitaldir. Oʻzining
moliyaviy shakliga koʻra, ular foyda olish maqsadida xoʻjalik faoliyatiga
qoʻyilgan
aktivlar hisoblansa, iqtisodiy mohiyatiga koʻra
investitsiyalar
yangi
korxonalar qurish, uzoq muddat xizmat koʻrsatuvchi
mashina va
asbob-uskunalarni yakuniy sotib olishga hamda shu bilan bogʻliq
boʻlgan aylanma kapitalning oʻzgarishiga ketgan xarajatlardir.
Shuningdek, investitsiyalar tarkibiga uy-joy qurilishiga ketgan xarajatlar
ham kiritiladi.
Investitsiyalarni turlicha guruhlash mumkin. Makroiqtisodiy tahlilda
eng koʻp duch kelinadigan guruhlashda investitsiyalar
investitsiyalash
obyektiga koʻra uch turga boʻlinadi:
1. Ishlab chiqarish investitsiyalari;
2. Tovar-moddiy zaxiralariga investitsiya;
3. Uy-joy qurilishiga investitsiya.
R
0 e I
24.1-chizma.