Ochiq bozordagi operatsiyalar va hisob stavkasi




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet264/366
Sana17.05.2024
Hajmi7,53 Mb.
#240249
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   366
Bog'liq
O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi t

25.3. Ochiq bozordagi operatsiyalar va hisob stavkasi 
 
Ochiq bozordagi operatsiyalar – Markaziy bank tomonidan davlat 
obligatsiyalarini (qimmatli qogʻozlarni) tijorat banklari va aholidan sotib 
olish va ularga sotish boʻyicha operatsiyalardir. Markaziy bank tijorat 
banklaridan yoki aholidan bu qimmatli qogʻozlarni sotib olar ekan, 
tijorat banklari zaxiralarini sotib olingan obligatsiyalar miqdori hajmida 
koʻpaytiradi. Bu zaxiralar pul bazasiga kiradi, ya’ni yuqori quvvatli 


487 
pullar boʻlganligi uchun pul taklifi multiplikativ koʻpayadi. Markaziy 
bank tijorat banklari va aholiga obligitsiyalarni sotish bilan zaxiralarni 
hamda tijorat banklarining kredit berish qobiliyatini kengaytiradi. Bu 
holda pul taklifi qisqaradi. 
Hozirda hamma mamlakatlarda pul miqdorini tartibga solishda 
ochiq bozordagi operatsiyalarni, ya’ni davlat qimmatli qogʻozlarini 
taklif qilish usulidan keng foydalanilmoqda. Ushbu operatsiyalarni 
Markaziy bank asosan nufuzi katta banklar guruhi bilan birgalikda 
amalga oshiradi.
Pul bozorida muomalada pul miqdori ortiqchaligi mavjud deb faraz 
qilamiz. Tabiiyki, Markaziy bank ortiqcha pul massasini kamaytirishga 
harakat qiladi. Buning uchun, oʻzida mavjud boʻlgan oʻzining qimmatli 
qogʻozlarini u ochiq bozorda aholi va banklarga taklif etadi, ular esa uni 
xarid qila boshlaydilar. Davlat qimmatli qogʻozlarini (sotish yoki xarid 
qilish yoʻli bilan) taklifi oshib borgan sari, unga boʻlgan baho pasayadi, 
oʻz navbatida, unga boʻlgan foiz (ya’ni, qimmatli qogʻozlarni sotib 
olganlarga foiz shaklida toʻlanadigan haq) oshadi, bu esa unga boʻlgan 
talabni oshiradi. Banklar va aholi qimmatli qogʻozlarni koʻproq xarid 
qila boshlaydi, pirovard natijada banklarning zaxiralari qisqaradi, oʻz 
navbatida, bu hol pul taklifining bank multiplikatoriga teng nisbatda 
qisqarishiga, shuningdek, bank zaxirasi va pul taklifining ortishiga olib 
keladi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Banki ham pul kredit 
siyosatini yuritishda bu vositaning rolini keskin oshirishni maqsad qilib 
olgan. 
Pul - kredit siyosatini amalga oshirishning muhim vositalardan biri 
– bu, hisob stavkasi siyosatidir. Hisob stavkasi yoki qayta moliyalash 
stavkasi deb Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga beriladigan 
ssudaning foiz stavkasi tushuniladi. Bu ssudalarni tijorat banklari ayrim 
koʻzda tutilmagan zarurat tugʻilganda va moliyaviy ahvoli mustahkam 
boʻlgan hollardagina oladilar. Hisob stavkasining pasayishi bilan tijorat 
banklarida Markaziy bankdan qoʻshimcha zaxiralarni olish imkoniyatlari 
kengayadi. Oʻz navbatida, bu tijorat banklarining zaxiralardan yangi 
kreditlar berish bilan pul taklifini koʻpaytiradi. Yana shunday hollar 
mavjudki, Markaziy bank hisob stavkasini koʻtara borib, tijorat banklari 


488 
tomonidan qoʻshimcha zaxiralarni olish yoʻlidagi toʻsiqlarni biroz 
koʻtarganday boʻladi va kreditlar berish boʻyicha ularning faoliyatini 
pasaytiradi, shu yoʻl bilan pul taklifini cheklaydi. Agar ushbu stavka 
past boʻlsa, unda tijorat banklari koʻproq kredit olishga harakat qiladilar. 
Natijada banklarning ortiqcha zaxiralari ortib boradi va muomaladagi 
pul massasi miqdorining oshib borishiga olib keladi. Agarda hisob 
stavkasi miqdori yuqori boʻlsa, unda banklar kamroq kredit olishga
olganlarini esa qaytarib berishga harakat qiladilar, pirovard natijada 
ortiqcha bank zaxiralari qisqaradi, muomaladagi pul miqdori kamayadi.

2018-yil 25-sentyabrdan boshlab qayta moliyalash stavkasi 16 % 


etib belgilandi. 
25.2-jadval 

Download 7,53 Mb.
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   366




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Ochiq bozordagi operatsiyalar va hisob stavkasi

Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish