483
Markaziy bank banklar faoliyatini nazorat qilishda oʻzining
mintaqaviy boʻlinmalari orqali kredit muassasalaridan majburiy ravishda
axborot, oylik hisobot va yillik yakuniy balans ma’lumotlarini taqdim
etish asosida qatnashadi.
Kredit muassasalarining boʻysunishiga qarab bank qonunchiligi
hamda kredit tizimining pastdan yuqoriga tomon tarkibiy tuzilishiga
muvofiq tarzda bank tizimini ikki asosiy: bir bosqichli va ikki bosqichli
turga ajratish mumkin.
Bir bosqichli bank tizimi doirasida barcha kredit muassasalari,
jumladan, Markaziy bank ham, yagona bosqichda turadi hamda
mijozlarga kredit - hisob xizmati koʻrsatishda bir xil vazifalarni bajaradi.
Ikki bosqichli tizimda banklar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar
boʻyiga (vertikal) va eniga (gorizontal) yoʻnalishlarida tuzilishiga
asoslanadi. Vertikal – rahbarlik qiluvchi, boshqaruvchi markaz
hisoblangan Markaziy bank bilan quyi boʻgʻinlar – tijorat va
ixtisoslashgan banklar oʻrtasidagi boʻysunish munosabatlari, gorizontal-
turli quyi boʻgʻinlar oʻrtasidagi teng huquqli sheriklik munosabatlari
tushuniladi.