501
darajada oshirilishi pul massasi oʻsish sur’atining tezlashishi va
iqtisodiyotdagi inflyatsion bosimning kuchayishiga olib keldi.
Iqtisodiyotni kreditlash darajasini barqarorlashtirish maqsadida
2017-yilning ikkinchi yarmidan Markaziy bank tomonidan qayta
moliyalash stavkasi 14 foizgacha oshirilib, pul-kredit siyosati
qat’iylashtirildi. Bu esa, oʻz navbatida, kredit resurslari foiz
stavkalarining oshishiga olib keldi.
Shuningdek, umumiy depozit va kreditlar tarkibida xorijiy
valyutadagi depozit va kreditlar ulushining yuqoriligi hamda xufyona
iqtisodiyotning mavjudligi kabi omillar iqtisodiyotni kreditlash hajmiga
ta’sir koʻrsatishga asoslangan pul-kredit siyosatining samaradorligini
sezilarli darajada pasaytirmoqda.
Oʻz navbatida, tijorat banklari tomonidan kreditlarni bozor
shartlari asosida berilmasligi, ya’ni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
davlat dasturlari doirasida imtiyozli va maqsadli kreditlar berilishi kredit
kanali samaradorligining pasayishiga sabab boʻlmoqda.
Bunday holatlarda Markaziy bank tijorat banklariga nisbatan
prudensial nazorat talablarini kuchaytirish va pul-kredit siyosatining
instrumentlaridan oqilona foydalanish asosida milliy valyutadagi kredit
va depozitlarning jozibadorligini oshirish siyosatini faol ravishda olib
borishni koʻzda tutmoqda.
Markaziy bankning foiz siyosatini amalga oshirishda kredit
resurslarini moliyalashtirish manbalari xususiyatlari inobatga olinib,
bozor mexanizmlariga asoslanmagan kreditlar ta’sirini kamaytirish
boʻyicha choralar kuchaytiriladi.