499
Pul-kredit siyosatining transmission mexanizmi oʻzida
Markaziy
bank foiz stavkalari oʻzgarishining iqtisodiy faollikka va pirovardida
inflyatsiya darajasiga ta’sir oʻtkazish jarayonini aks ettiradi.
Pul-kredit siyosatining iqtisodiyotga ta’siri alohida transmission
kanallar orqali amalga oshiriladi. Asosiy kanallar
sifatida quyidagilarni
koʻrsatish mumkin:
- foiz kanali;
- kredit kanali;
- valyuta kursi kanali;
- inflyatsion kutilmalar kanali;
- aktivlar bahosi kanali.
Foiz kanali
pul-kredit siyosatining iqtisodiyotga ta’sir etuvchi
an’anaviy kanali hisoblanadi. Markaziy bank foiz stavkasining
oʻzgarishi iqtisodiyotdagi umumiy foiz stavkalari darajasiga ta’sir
koʻrsatib, investitsiya / jamgʻarma darajasini oʻzgartirish
orqali
iqtisodiyotdagi yalpi talabning oʻzgarishiga olib keladi. Yalpi talabning
oʻzgarishi, oʻz navbatida, inflyatsiya darajasiga ta’sir etadi.
Markaziy bankning asosiy foiz stavkasi va yalpi talab orasida
toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻliqlik mavjud boʻlmasada,
foiz stavkasi
oʻzgarishining ta’siri boshqa kanallar orqali ham amalga oshadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash
stavkasining iqtisodiyotdagi foiz stavkalariga ta’siri boʻyicha tahlillar
ular orasida barqaror bogʻliqlik mavjudligini koʻrsatmoqda.
Ayni vaqtda transmission mexanizm foiz kanalining ta’sirini
Oʻzbekiston sharoitida cheklanganligini
banklararo pul bozorining
shaffof emasligi va yetarlicha rivojlanmaganligi bilan izohlash mumkin.
Xususan, banklararo pul bozorida tijorat banklari faoliyatining
sustligi va operatsiyalar hajmlarining kichikligi foiz kanalining
samaradorligini pasaytiradi.
2017-yilning ikkinchi yarmidan Markaziy
bank tomonidan tijorat
banklariga qisqa muddatli likvidlikni taqdim qilish operatsiyalari
faollashtirildi. Lekin bunda yagona banklararo pul bozorining mavjud
emasligi hamda pul-kredit instrumentlari ta’sirining
cheklanganligi
amalga oshirilayotgan choralar samarasini pasaytirmoqda.
500
Yuzaga kelgan holatdan kelib chiqib hamda
pul-kredit siyosati
transmission mexanizmining foiz kanalini kuchaytirish va pul bozorini
samarali tartibga solish maqsadida 2018-yilning birinchi yarim yilligida
qisqa muddatli pul resurslarini jalb qilish va joylashtirish boʻyicha
banklararo pul bozorining yagona elektron platformasini yaratish koʻzda
tutilgan.
Shu
bilan
birga,
pul-kredit
siyosatining
transmission
mexanizmining foiz kanalini mustahkamlashda zaruriyat tugʻilganda
Markaziy bank tomonidan bank tizimidagi ortiqcha likvidlikni jalb qilish
boʻyicha operatsiyalar amalga oshiriladi.
Shuni ta’kidlab oʻtish joizki, pul-kredit
siyosatining transmission
mexanizmi samaradorligini ta’minlash va foiz instrumentlarini
optimallashtirish maqsadida Markaziy bankning
pul-kredit siyosatining
asosiy koʻrsatkichi sifatida asosiy stavka va foiz koridorini 2019-yildan
amaliyotga joriy qilish koʻzda tutilgan.
Likvidlik taqdim etish va jalb qilish boʻyicha pul-kredit siyosati
instrumentlari turlarining kengaytirilishi Markaziy bankning asosiy
operatsiyalari boʻyicha foiz koridorini shakllantirishga xizmat qiladi.
Iqtisodiyotni liberallashtirish va unda bozor mexanizmlari
ta’sirining oshib borishi bilan bir qatorda faol pul-kredit siyosatining
amalga oshirilishi transmission mexanizmning foiz kanalini sezilarli
darajada mustahkamlab boradi.