Oʻzbekistonning bank tizimini mustahkamlash va pul-kredit




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet266/366
Sana17.05.2024
Hajmi7,53 Mb.
#240249
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   366
Bog'liq
O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi t

 
25.4. Oʻzbekistonning bank tizimini mustahkamlash va pul-kredit 
siyosatini takomillashtirish yoʻnalishlari 
 
2017-yilda boshlangan iqtisodiyotni liberallashtirish va bozor 
mexanizmlari rolini oshirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlarning yangi 
bosqichi oʻrta muddatli istiqbolda bank tizimi va pul-kredit siyosatini 
rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab berdi. 
Ushbu yoʻnalishdagi muhim qarorlardan biri milliy valyuta 
almashuv 
kursining 
bozor 
mexanizmlari 
asosida 
shakllanish 
tamoyillarini joriy etish orqali ichki valyuta bozorini bosqichma-bosqich 
liberallashtirilishi bilan bogʻliq amaliy qadamlar boʻldi.
Valyuta kursi shakllanishida tamomila yangi yondashuvdan 
foydalanilishi, oʻz navbatida, Markaziy bankning asosiy e’tiborini ichki 
bozordagi narxlar barqarorligiga qaratish asnosida pul-kredit siyosatini 
takomillashtirish imkoniyatini beradi.
Ayni 
vaqtda 
valyuta 
bozorini 
liberallashtirish 
borasidagi 
islohotlarning muvafaqqiyatli amalga oshirilishi koʻp jihatdan pul-kredit 
siyosatini takomillashtirish, tijorat banklari faoliyatini mustahkamlash 
hamda bank tizimini rivojlantirish choralari samaradorligi bilan 
chambarchas bogʻliq.
Shundan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 
“Valyuta bozorini liberallashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-
tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni e’lon qilinishidan koʻp oʻtmay 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pul-kredit siyosatini yanada 


492 
rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi va Pul-
kredit siyosatini 2017–2021-yillarda rivojlantirish va inflyatsion 
targetlash rejimiga bosqichma-bosqich oʻtish boʻyicha chora-tadbirlar 
Kompleksi tasdiqlandi. Bu boradagi keyingi muhim qadamlardan biri 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi 
“Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki faoliyatini tubdan 
takomillashtirish toʻgʻrisida”gi farmonining qabul qilinishi boʻldi. 
Mazkur farmonda narxlar barqarorligini ta’minlash vazifasi Markaziy 
bankning bosh maqsadi etib belgilanib, Markaziy bankning mustaqilligi 
va institutsional rivojlanishini ta’minlash boʻyicha tegishli choralar 
nazarda tutilgan. Qayd etish lozimki, iqtisodiy siyosatni amalga oshirish 
yondashuvlarining qayta koʻrib chiqilishi davrida shakllanayotgan yangi 
voqeliklarda pul-kredit sohasidagi oʻzgarishlarning aholi va tadbirkorlik 
subyektlari tomonidan toʻgʻri qabul qilinishi va qoʻllab-quvvatlanishi 
muhim ahamiyat kasb etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining oʻrta muddatli 
istiqbolda pul-kredit siyosatini rivojlantirish va amalga oshirish 
Konsepsiyasi kommunikatsiyalar kanalining jamoatchilik fikrini 
shakllantirish hamda inflyatsion targetlash rejimini amaliyotga joriy 
etishdagi yetakchi roli inobatga olingan holda ishlab chiqilgan. Ushbu 
Konsepsiyaning maqsadi inflyatsion targetlashga oʻtishning konseptual 
asoslarini hamda ushbu pul-kredit siyosati rejimini amaliyotga 
muvaffaqiyatli joriy etish uchun zaruriy sharoitlar yaratish boʻyicha 
oʻrta muddatli rejalarni keng jamoatchilikka yetkazish va batafsil 
tushuntirishga qaratilgan.
Mamlakatda ichki narxlar barqarorligi ta’minlanishi makroiqtisodiy 
va ijtimoiy barqarorlikning kafolati boʻlib, iqtisodiy islohotlarni 
jadallashtirish va rivojlantirish dasturlarini muvaffaqiyatli amalga 
oshirishda zaruriy sharoit hisoblanadi. Bunda inflyatsiyaning past va 
barqaror koʻrsatkichlari muvozanatli iqtisodiy oʻsishni ta’minlash, ishlab 
chiqarish raqobatbardoshligi va aholini yashash darajasini oshirishning 
muhim omili sanaladi. Shu nuqtayi nazardan, narxlar oʻsish 
sur’atlarining pasayishi va barqarorlashishi davlat iqtisodiy siyosatining 
asosiy maqsadlaridan biri boʻlishi kerak. Inflyatsiyaning past va 


493 
barqaror darajasi aholi hamda yuridik shaxslar omonatlarini uzoq 
muddatli investitsiyalarga aylanishi uchun kerakli sharoit yaratadi 
hamda ichki bozordagi narxlar nomutanosibligini kamaytirib mavjud 
iqtisodiy resurslarning samarali taqsimlanishiga xizmat qiladi. 
Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarning markaziy banklari 
tajribalari hamda xalqaro moliya institutlari izlanishlari natijalari pul-
kredit siyosatini amalga oshirishda narxlar barqarorligini ta’minlash 
maqsadining shak-shubhasiz ustuvorligini koʻrsatmoqda.
Shu bilan birga, pul-kredit siyosatini amalga oshirish tartibi va 
ketma-ketligi turli mamlakatlarda iqtisodiyotning xususiyatlari hamda 
tarkibiy tuzilishiga qarab farqlanadi.
Amaldagi 
Oʻzbekiston 
Respublikasining 
“Oʻzbekiston 
Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi qonuniga koʻra, 
Markaziy bankning bosh maqsadi milliy valyuta barqarorligini 
ta’minlash hisoblanadi. Bunda “milliy valyuta barqarorligi” 
tushunchasini ikki xil, ya’ni almashuv kursining xorijiy valyutalarga 
nisbatan barqarorligi yoki uning ichki xarid qobiliyati barqarorligi deb 
talqin qilish mumkin.
Almashuv 
kursining 
erkin 
shakllanishi 
sharoitida 
milliy 
valyutaning barqarorligi uning ichki xarid qobiliyatini saqlash orqali 
erishiladi. Bunda, erkin suzib yuruvchi almashuv kursi iqtisodiyotni 
ichki barqarorlashtiruvchi funksiyasini bajaradi. Boshqacha qilib 
aytganda, toʻlov balansi bilan bogʻliq tashqi shok va qiyinchiliklar 
kuzatilganda almashuv kursining mos ravishda oʻzgarishi ekportyorlar 
va import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni 
ragʻbatlantirishga xizmat qiladi. 
Ayni paytda Markaziy bank pul-kredit siyosatining asosiy 
maqsadini ikki xil tushunilishini oldini olish va uning faoliyati asosiy 
yoʻnalishini aniq belgilab olish maqsadida qonunchilikka tegishli 
oʻzgartirishlar kiritilishi koʻzda tutilgan.
Ta’kidlash lozimki, narxlar barqarorligi deyilganda nol darajadagi 
yoki salbiy inflyatsiya koʻrsatkichlari nazarda tutilmaydi. Narxlar 
barqarorligi deyilganda narxlarning turgʻun holatda turishi emas, balki 
ularning past darajada oʻsishi tushuniladi. Bir qarashda narxlarning 


494 
turgʻun turishi maqbul koʻrinsa-da, narxlarning past va barqaror 
oʻzgarishi iqtisodiyotning samarali faoliyati uchun eng qulay sharoit 
hisoblanadi.
Ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash vazifasi pul-kredit 
siyosatini amalga oshirishning aniq strategiyasi va batafsil rejasi 
boʻlishini hamda maqsadli koʻrsatkichlarga erishish uchun samarali 
instrumentlar va mexanizmlarni talab etadi. 
Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar markaziy banklari 
tomonidan keng qoʻllanilayotgan usullar inflyatsion targetlash, monetar 
targetlash, valyuta kursini targetlash va nominal yaroqsiz rejimlarni oʻz 
ichiga oladi.
Inflyatsiyaning maqsadli koʻrsatkichlariga erishish vazifasi 
aksariyat markaziy banklar uchun bosh maqsad hisoblansa-da, yuqorida 
qayd etilgan uslublar asosan tezkor va oraliq moʻljallarga qarab 
farqlanadi.
Pul-kredit siyosatini amalga oshirishning ushbu usulida narxlar 
barqarorligini ta’minlash maqsadida pul agregatlari, rezerv pullar va pul 
massasi hajmlari oʻzgarishini nazorat qilish nazarda tutiladi. 
Ushbu 
strategiyaning 
samarali 
qoʻllanilishi 
inflyatsiya 
koʻrsatkichlari va pul agregatlari oʻrtasidagi mustahkam doimiy 
bogʻliqlik boʻlishini talab etadi. Bunda inflyatsiyaning maqsadli 
koʻrsatkichlariga pul agregatlari hajmini maqbul darajada ushlab turish 
vositasida erishiladi.
Pul agregatlari va inflyatsiya darajasi oʻrtasidagi bogʻliqlikning 
kuchsizlanishi tufayli koʻpchilik markaziy banklar tomonidan pul 
agregatlarini targetlash amaliyotidan voz kechilib, inflyatsion targetlash 
rejimini joriy qilinishiga sabab boʻldi. 
Monetar targetlash rejimi pul taklifi va talabining keskin 
oʻzgarishlari kuzatilgan rivojlanayotgan va 
oʻtish davridagi 
mamlakatlarda iqtisodiy rivojlanishning dastlabki yillarida samarali 
strategiya sifatida keng qoʻllanilgan. Bunda inflyatsiya boʻyicha tegishli 
koʻrsatkichlarni 
belgilashda 
iqtisodiy 
oʻsishni 
ragʻbatlantirish 
maqsadlaridan kelib chiqilgan. 


495 
Mazkur rejim rasman monetar targetlash deb tasniflansada, 
amaliyotda milliy valyutaning almashuv kursini dollarga bogʻlash orqali 
bosqichma-bosqich devalvatsiya qilib borilganligi tufayli ba’zi xalqaro 
institutlar va mutaxassislar tomonidan ushbu rejim aralash turga 
kiritilgan.
Bir vaqtning oʻzida ikki maqsadga yoʻnaltirilgan almashuv kursi 
siyosati tashqi shoklar vujudga kelgan sharoitlarda samarasiz ekanligini 
koʻrsatdi. Bunda bir tomondan oltin-valyuta zaxiralarini oshirish vazifasi 
qoʻyilgan boʻlsa, ikkinchi tomondan soʻmning almashuv kursini ma’lum 
bir darajada ushlab turish maqsadi koʻzlangan. Oʻz navbatida, mazkur 
almashuv kursi toʻlov balansi holati va tashqi iqtisodiy sharoitlarni 
oʻzida aks ettirmagan.
Bunday 
siyosat, 
oʻz navbatida, ichki valyuta bozorida 
muammolarni yuzaga keltirib, samarali pul-kredit siyosatini yuritish 
imkoniyatlarini pasaytirdi. Bundan tashqari, pul-kredit instrumentlaridan 
foydalanishning passiv rejimi monetar targetlashni samarali qoʻllashda 
qoʻshimcha qiyinchiliklar tugʻdirdi.
Pul massasi oʻzgarishini omillar asosida tahlili, pul massasi oʻsishi 
turli davrlarda oltin-valyuta zaxiralarining oshishi hamda iqtisodiyotni 
kreditlash hajmlarining kengaytirish hisobiga ta’minlanganligini 
koʻrsatmoqda.
Oʻz navbatida, Davlat byudjetining muvozanatli ijrosi va hukumat 
hisobraqamlarida mablagʻlar yigʻilishi, shuningdek, Oʻzbekiston 
Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hisobraqamlarida 
mablagʻlarning jamlanib borilishi pul massasi oʻsishini maqbullashtiruv- 
chi omillardan boʻlgan.
Ayni paytda iqtisodiyotni kreditlashning asosiy manbalari 
markazlashgan mablagʻlar, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi 
tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hisobidan moliyalashtirilganligi 
hamda ushbu mablagʻlar asosan ishlab chiqarish texnologiyalari va 
xomashyo materiallarini import qilish maqsadida foydalanilganligi 
tufayli iqtisodiyotda pul massasi oʻsishiga va mos ravishda inflyatsiya 
darajasiga toʻgʻridan-toʻgʻri ta’sir koʻrsatmagan. 


496 
Umuman olganda, ushbu omillar ta’sirida pul massasi tez 
sur’atlarda oshishining oldi olingan. 
1-rasm.

Download 7,53 Mb.
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   366




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Oʻzbekistonning bank tizimini mustahkamlash va pul-kredit

Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish