497
Pul aylanish tezligi va pul multiplikatori koʻrsatkichlari oʻzgarishi
ham ushbu koʻrsatkichlar dinamikasining oʻzgaruvchan
xarakterga ega
ekanligini, pul-kredit koʻrsatkichlarining maqsadli parametrlarini ishlab
chiqishda xatoliklarga olib kelishi mumkinligini koʻrsatadi.
Umuman olganda, pul massasining YaIM nominal hajmiga
nisbatan moʻtadil darajada oʻsishi inflyatsiya
bosimining sezilarli
kuchayishini oldini olishga xizmat qildi. Shu bilan birga, ushbu
koʻrsatkichlar oʻrtasida aniq bogʻliqlikning
mavjud emasligi rezerv
pullar va pul massasi aniq darajasini hisoblash imkoniyatini bermaydi.
3-rasm.
Pul multiplikatori va pul aylanish tezligi dinamikasi
Masalaning yana bir muhim jihati, Markaziy bankning pul
agregatlarini samarali boshqara olishi qobiliyati bilan bogʻliq. Odatda,
markaziy banklar rezerv pullar darajasini
samarali boshqara oladilar,
ammo pul massasini nazorat qilishda qiyinchiliklarga duch keladilar.
Ushbu jarayon asosan dollarizatsiya darajasi yuqori boʻlgan hamda
moliya bozorlari rivojlanish bosqichida turgan mamlakatlarda koʻp
kuzatiladi, binobarin, bunday mamlakatlarda kredit va depozitlarga
boʻlgan talab keskin oʻzgarib turishi mumkin.
498
Pulga boʻlgan talabning oʻzgaruvchanligi, keng ma’nodagi pul
massasining tarkibi, dollarizatsiya darajasining
yuqoriligi kabi omillar
pulga boʻlgan talabni aniqlash imkoniyatini pasaytiradi.
Bunday holatda, pulga boʻlgan talab va foiz stavkalari oʻrtasidagi
bogʻliqlik sust boʻlganligi sababli Markaziy bank uchun pul massasining
maqsadli darajasini saqlab turish vazifasi murakkablashadi.
Yuqorida qayd etilgan muammolar natijasida keng ma’nodagi
pullar hajmining oraliq moʻljallardan chetlashishi Markaziy bankning
pul-kredit siyosatiga boʻlgan ishonchni pasaytiradi.
Iqtisodiyotda inflyatsion xatarlar kuchayganda,
Markaziy bank
an’anaviy tarzda foiz stavkalarini oshirish orqali pul-kredit
qat’iylashtiradi.
Ushbu choralarning iqtisodiyotni real sektoriga ta’sir qilish darajasi
va muddatlari pul-kredit siyosati transmission mexanizmlarining
samaradorligi bilan belgilanadi.
4-rasm.