472
Shunday qilib, bir davr mobaynida kapital birligini ijaraga berish
boʻyicha umumiy xarajatlar quyidagini tashkil etadi:
Kapital birligiga xarajatlar = iR
k
-∆R
k
+δR
k
= R
k
(i-∆R
k
/R
k
+δ)
Kapital birligiga xarajatlar kapital birligi narxiga, foiz stavkasiga,
kapital narxni nisbiy oʻzgarishiga va amortizatsiya me’yoriga bogʻliq.
Misol uchun, mashinani ijara beruvchi kompaniya kapital xarajatini
koʻrib chiqaylik. Kompaniya har bir mashinani $10000 dan oladi va
boshqa firmalarga ijaraga beradi. Kompaniyaning yiliga 10% foiz
stavkasi bor, shunday ekan foiz stavkasi qiymati iP
K
kompaniya
tasarrufidagi har bir mashina uchun $1000. Mashinalar narxi yiliga
6%ga oshmoqda, shunday qilib, amortizatsiyani hisoblamaganda, firma
yiliga $600 kapital foyda ΔP
K
oladi. Mashinalarning amortizatsiyasi
sababli yiliga 20% qiymatini yoʻqotadi, shunday ekan amortizatsiya δP
K
sababli yoʻqotishlar yiliga $2000. Shuning uchun, kompaniyaning
kapital birligiga xarajati:
Kapital birligiga xarajati = $1000-$600+$2000= $2400.
Mashinani ijara beruvchi kompaniya uchun mashinani saqlab turish
qiymati yiliga $2400ga teng.