464
Bu yerda: MPC (marginal propensity to consume) – iste’molga
chegaralangan moyillik.
Yuqorida keltirilgan 4-jadval ma’lumotlariga koʻra
ixtiyordagi
daromad 410 sh.b.dan 430 sh.b.gacha
oshgan holatda MRSni
hisoblaymiz.
Δ
S =420 - 405 =15; Δ Yd
=430 - 410 = 20;
MRS = (15/20) 100=75%;
Bu
shuni bildiradiki, daromad 100 % ga (yoki bir birlikka)
oʻzgarganda iste’mol 75 % (yoki 0,75)ga oʻzgaradi.
Jamgʻarishdagi oʻzgarishning ixtiyordagi daromad oʻzgarishdagi
ulushi jamgʻarishga chegaralangan moyillik deyiladi.
Δ S
MRS = ------------100
Δ Yd
Bu yerda: MPS (marginal propensity to saving) – jamgʻarishga
oʻrtacha moyillik.Yuqorida keltirilgan misolda:
Δ Yd
=
430 - 410 = 20
Δ
S = 10 - 5 = 5
MRS = (5/20) 100 = 25%;
Shunday qilib, iste’molga chegaralangan moyillik 0,75
ni tashkil
etgan boʻlsa, jamgʻarmaga chegaralangan moyillik 0,25 ni tashkil etadi.
Daromadning oʻsgan qismi yoki iste’molga, yoki jamgʻarmaga
sarflanadi. Shu sababga koʻra iste’mol va jamgʻarishga oʻrtacha moyillik
koʻrsatkichlari yigʻindisi 100%ga yoki koeffitsiyent koʻrinishida 1ga
teng boʻladi.
MRS + MRS =100%
yoki 1.
MRS va MRS ancha barqaror koʻrsatkichlar boʻlib,
juda sekin
oʻzgarishga uchraydilar.