442
Aksilinflyatsiya siyosatining u yoki bu turini tanlash inflyatsiya
jarayonlarining xususiyatiga bogʻliq.
Inflyatsiyaning yuqori sur’atlarini oldini olish uchun hukumat
quyidagilarni ta’minlashi kerak:
-
samarali soliq tizimini va davlat xarajatlarining baqarorligini;
-
pul massasi va milliy daromadning bir maromdagi oʻsish
sur’atlarini;
-
inflyatsiyani import qilishga yoʻl qoʻymaslik.
Har
qanday
inflyatsiyaning
negizida
asosiy
iqtisodiy
muvozanatlarning buzilishi yotadi. Shu sababli inflyatsiyaga qarshi
kurash — uni shunchaki bostirish emas, balki iqtisodiyotda vujudga
kelgan nomutanosiblikni bartaraf etishga qaratilgan baquvvat tarkibiy
siyosatini amalga oshirishdir. Bir qator chet mamlakatlarning
inflyatsiyaga qarshi kurash tajribasi shuni koʻrsatdiki, ular inflyatsiya
bilan iqtisodiyot tarkibiy tuzilishining buzilishi bir-biriga chambarchas
bogʻliq ekanligini anglagan holda, muomala sohasini qat’iy boshqarish va
toʻlovga qobiliyatli ortiqcha umumiy talabni bartaraf etish bilangina
cheklanmadilar. Muayyan maqsadlarga qaratilgan yirik investitsiya
dasturlarini ishlab chiqdilar va amalga oshirdilar. Bu dasturlar ana shu
nomutanosiblikni tugatish va, binobarin, inflyatsiyani keltirib chiqaruvchi
sabablarni bartaraf etish imkonini berdi.
Keyingi yillarda jahon bozorida narxlar darajasining keskin oshib
borayotganligi aksilinflyatsiya siyosatini yanada takomillashtirish
zaruratini yuzaga keltirdi.
Oʻzbekiston Respublikasida qabul qilingan Inqirozga qarshi chora-
tadbirlar dasturida koʻzda tutilgan vazifalarni amalga oshirish, jumladan
ishlab chiqarishni modernizatsiya va texnik qayta qurollantirishni izchil
davom ettirish, energetika tizimini modernizatsiya qilish, asosiy sanoat
tarmoqlarida mahsulot tannarxini 20 foizga qisqartirish, kommunal
xizmatlar baholari oʻsishini cheklash mexanizmini shakllantirish, bank
tizimini yanada takomillashtirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish
va h.k.lar inflyatsiya sur’atlarini cheklash imkonini beradi.