438
baholar darajasining koʻtarilishiga
olib keladi, ya’ni talab inflyatsiyasi
roʻy beradi.
Ish haqi mehnat bozorida muvozanatni oʻrnatuvchi
vosita
hisoblanadi va uning darajasini oʻzgarishi ishsizlikka bevosita ta’sir
koʻrsatadi. Bu ikki koʻrsatkich oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliklik ingliz
iqtisodchisi A.V.Fillips
tomonidan, Buyuk Britaniyaning 1862–1957-
yillar ma’lumotlari asosida tadqiqot qilingan hamda grafikda
Fillips
egri chizigʻi
deb aks ettirilgan. Modomiki,
ish haqi va narxlar
oʻzgarishining sur’atlari oʻrtasida bir xil nisbat mavjud ekan,
u holda
Fillips egri chizigʻi oʻz mohiyatiga koʻra inflyatsiya va ishsizlik
oʻrtasidagi bogʻliqlikni
aks ettiradi, ya’ni inflyatsiyaning oʻsishi
sur’atida ishsizlikning past darajasi kuzatiladi va aksincha. Muhim
makroiqtisodiy koʻrsatkichlar oʻrtasida barqaror va oldindan koʻrish
mumkin boʻlgan bogʻliqlikni oʻrnatish Gʻarb
mamlakatlarining milliy
iqtisodiyotini tartibga solish va istiqbolini belgilash imkonini berdi.
Fillips egri chizigʻi ishsizlik va inflyatsiya darajalari oʻrtasidagi
teskari bogʻliqlikni xarakterlaydi. Yuqori darajadagi kutilayotgan
Inflyatsiya
21.5-Chizma.