• Kutilmagan inflyatsiya
  • Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet239/366
    Sana17.05.2024
    Hajmi7,53 Mb.
    #240249
    1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   366
    Bog'liq
    O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi t

    Kutilayotgan inflyatsiya
    sharoitida 
    daromad oluvchi inflyatsiyaning u olayotgan daromadga ta’sirini 
    kamaytirish, ya’ni real daromadi darajasini saqlab qolish chorasini 
    koʻradi.
    Bu uchun Fisher tenglamasidan foydalanish mumkin: 
    i = r + 

    kut., 
    bu yerda i-nominal foiz stavkasi;
    r- real foiz stavkasi;

    kut - kutilayotgan inflyatsiya darajasi. 
    Inflyatsiya sur’ati 10 foizdan oshganda Fisher tenglamasi quyidagi 
    koʻrinishni oladi:
    i - 

    kut. 
    r = ----------- 
    1+ 

    kut. 
    Kutilmagan inflyatsiya
    daromadlarni debitorlar va kreditorlar 
    oʻrtasida kreditorlar foydasiga qayta taqsimlaydi. Shuningdek, 
    kutilmagan inflyatsiya daromadlarni qayd qilingan daromad oluvchilar 
    va qayd qilinmagan daromad oluvchilar oʻrtasida keyingilari foydasiga 
    qayta taqsimlaydi. Talab va taklif inflyatsiyasini qat’iy chegaralash 
    qiyin. Ba’zida bu ikki turdagi inflyatsiya bir-biri bilan qoʻshilib ketadi. 


    437 
    Masalan, talab inflyatsiyasi sharoitida yollanma ishchilar kutilayotgan 
    inflyatsiya darajasini e’tiborga olib ish haqlari oshirilishini mehnat 
    shartnomalariga kiritadilar. Bu esa mahsulot tannarxini oshirib taklif 
    inflyatsiyasini keltirib chiqaradi. Tovarlar taklifning kamayishini 
    kuzatayotgan 
    iqtisodiy 
    agentlar 
    pul 
    mablagʻlarini 
    tovarlarga 
    aylantirishga shoshadilar. Bu holat talab inflyatsiyasi koʻrinishini 
    keltirib chiqaradi. Bunday ketma-ketlik oxir-oqibat giperinflyatsiyani 
    keltirib chiqarishi mumkin. Giperinflyatsiya boshqarib boʻlmaydigan 
    inflyatsiya jarayoni boʻlib, ishlab chiqarish va bandlik darajalariga 
    halokatli ta’sir koʻrsatadi. Yillik sur’ati bir necha oʻn yoki yuz foizni 
    tashkil etgan inflyatsiya pul tizimining boshlanayotgan yoki 
    kuchayayotgan inqirozi belgisidir. Giperinflyatsiya uning halokatini, 
    butun bozor mexanizmi falajlanishini anglatadi. Giperinflyatsiyaning 
    rasmiy mezoni amerikalik iqtisodchi Fillipp Kegan tomonidan kiritilgan. 
    F.Kegan giperinflyatsiyaning boshlanishi deb baholarning birinchi bor 
    50% dan oshgan oyni, tugallanishi deb esa, baholarning oʻsishi bu 
    sur’atdan pasaygan va shundan soʻng kamida bir yil davomida undan 
    oshmagan oydan oldingisini hisoblash kerak deb taklif qilgan.
    Giperinflyatsiya sharoitida pul oʻzining qiymat oʻlchovi va almashinuv 
    vositasi singari funksiyalarini bajara olmay qoladi. Normal iqtisodiy 
    munosabatlar buziladi. Mablagʻlar ishlab chiqarishga emas, balki tovar-
    moddiy boyliklari jamgʻarishga yoʻnaltiriladi. 

    Download 7,53 Mb.
    1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   366




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish