• 20.2. Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari. A.Ouken qonuni.
  • Yh – Yp YUZ= ----------------- 100 Yp
  • Ouken qonuni
  • Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet232/366
    Sana17.05.2024
    Hajmi7,53 Mb.
    #240249
    1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   366
    Bog'liq
    O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi t

    ishsizlikning 
    tabiiy darajasi
    deyiladi. Bunga ish qidiruvchilar soni boʻsh ish joylari 
    soniga muvofiq kelsagina erishish mumkin. Ishsizlikning tabiiy darajasi
    friksion va tarkibiy ishsizlik yigʻindisiga teng boʻladi. 
    Ishsizlikning tabiiy darajasi doimiy emas, chunki u iqtisodiy 
    vaziyat, qonun va milliy an’analar bilan bogʻliq holda oʻzgarib turadi.
    Ishsizlikning tabiiy darajasi mamlakatdagi oxirgi oʻn yilda mavjud 
    boʻlgan haqiqiy ishsizlik darajasi va keyingi oʻn yil uchun prognoz qilib 
    hisoblangan 
    ishsizlik 
    darajalarining 
    oʻrtacha miqdori sifatida 


    427 
    belgilanadi. Umumiy holda ishchi kuchi ish bilan band va faol ish 
    qidirib yurgan ishsizlarga boʻlinadi.
    20.2.
     
    Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari. A.Ouken qonuni. 
     
    Barcha mavjud resurslardan toʻliq foydalanish yoki ishsizlikning 
    tabiiy darajasi holatida iqtisodiyotda yaratilishi mumkin boʻlgan 
    mahsulot hajmini iqtisodiyotning ishlab chiqarish potensiali deb ataladi. 
    Mamlakatning ishlab chiqarish potensiali potensial YaIM koʻrsatkichi 
    bilan oʻlchanadi.
    Makroiqtisodiy beqarorlik tufayli, iqtisodiy pasayish davrida 
    mamlakat oʻz iqtisodiy potensialini toʻliq ishga solmasdan, yaratilgan 
    haqiqiy YaIM hajmi (Yh) potensial YaIM (Yp) hajmidan ortda qoladi. 
    Ya’ni YaIMning uzilishi (YUZ) roʻy beradi. 
    Yh – Yp 
    YUZ= ----------------- 100 
    Yp 
    Potensial 
    YaIM 
    deganda 
    mamlakatdagi 
    ishlab 
    chiqarish 
    resurslaridan toʻliq foydalanilgan sharoitda mumkin boʻlgan ishlab 
    chiqarish hajmi tushuniladi. 
    Potensial YaIM*ni hisoblashda mamlakatda ishsizlik mutlaqo yoʻq 
    deb emas, balki mavjud, biroq u tabiiy darajada, deb hisoblanadi. 
    Ishsizlik darajasining oshishi natijasida iqtisodiyot potensial YaIM 
    hajmini ololmaydi. Shu sababli mamlakat miqyosida ishsizlikni uning 
    tabiiy darajasida saqlash va tartibga solish iqtisodiy jihatdan katta 
    ahamiyatga ega. Ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan 
    qanchalik yuqori boʻlsa, YaIM uzilishi shuncha koʻp boʻladi. Shuning 
    uchun ham potensial hajmdagi YaIM* haqiqiy YaIM dan katta boʻladi. 
    Ishsizlik darajasi va YaIM uzilishi oʻrtasidagi miqdoriy nisbatni 
    ingliz iqtisodchisi Artur Ouken matematik holda isbotlab bergan. 
    Shuning uchun bu qonun, 
    Ouken qonuni
    deyiladi. Qonunning mohiyati 
    shundan iboratki, agar ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy 
    darajasidan bir foizga oshib ketsa, ya’ni davriy ishsizlik 1 foizni tashkil 


    428 
    etsa milliy iqtisodiyot YaIMni ikki yarim foizga kam yaratadi. 
    YaMMning pastroq darajasi oʻz navbatida, ishlab chiqarishda 
    qatnashuvchilar daromadlarining nisbatan kamroq boʻlishini va 
    iqtisodiyotning kelgusi taraqqiyotini investitsiyalash imkoniyatlari 
    qisqarishini bildiradi.
    Ouken 
    qonuni 
    ishsizlikning 
    turli 
    darajalaridagi 
    mahsulot 
    yoʻqotishlari hajmini aniqlash imkonini beradi. Hozirgi kunda β 
    koeffitsiyenti deb atalgan bu koeffitsiyent miqdori 2 foizdan 3 foiz 
    oraligʻida deb hisoblanadi. 
    Ouken qonunini formulada quyidagicha tasvirlash mumkin: 

    Download 7,53 Mb.
    1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   366




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish