583
moslashgan va unga kam miqdorda mehnat va moliyaviy resurslarni sarf
qilib, yuqori hosil olish texnologiyasiga ega. Shuningdek, boshqa
mamlakatlar ham oʻzi ixtisoslashgan sohaga koʻproq e’tiborni
qaratishsagina dunyo boʻyicha koʻproq mahsulot ishlab chiqariladi va
xalqaro savdoda ham katta muvaffaqqiyatlarga erishish mumkin.
Demak, shu yoʻl bilan dunyo aholisining talablarini maksimum
qondirish imkoniyatiga erishiladi.
Ammo qaysidir mamlakat hech qaysi mahsulot ishlab chiqarish
boʻyicha dunyoda mutlaq ustunlikka ega boʻlmasligi mumkin. Bu esa
shu mamlakat hamma tovarlarni chetdan keltiradimi - degan savolni
tugʻdiradi. Agar shunday boʻlsa importni bu mamlakat qaysi mablagʻlar
hisobiga moliyalashtiradi. Bu savolga javob berish borasida mutlaq
ustunlik nazariyasi boshi berk koʻchaga kirib qoladi.