584
hisobga olgan holda D. Rikardoning “Nisbiy ustunlik”
nazariyasini
qoʻllaymiz:
29.1-jadval
Mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan mehnat sarfi.
Movut (bir dona)
Vino (barrel)
Portugaliya
90
80
Angliya
100
120
Yuqoridagi misoldan koʻrinib turibdiki Portugaliya barcha turdagi
mahsulotlarni ishlab chiqarishda mutlaq ustunlikka ega. Ya’ni bir dona
movut ishlab chiqarish uchun 90
mehnat birligi, bir barrel vino ishlab
chiqarish uchun esa 80 mehnat birligini sarflaydi. Ammo, D. Rikardo
Portugaliyada movut ishlab chiqarishga nisbatan
vino ishlab chiqarish
savdosini yoʻlga qoʻyish koʻproq foyda olib kelishini ta’kidlaydi.
Chunki, bir dona movutga nisbatan bir barrel vino ishlab chiqarish
arzonga tushmoqda. Bunda nisbiy ustunlikdagi farq har bir millat uchun
xalqaro savdoda yutuqqa olib keladi. Ya’ni, Portugaliya bir barrel vinoni
(80 birlikda) 120 birlikda Angliyaga sotsa va oʻz navbatida, Angliyadan
(100 birlikda) ushbu birlikda 1,2 dona movut sotib olish imkoniyatiga
ega boʻladi.
Oʻzida ishlab chiqarilgan mahsulotga
solishtirganimizda esa
8/9
donaga ega boʻlar edi. Boshqacha aytganimizda, Portugaliyaning vino
ishlab chiqarish va movutni sotib olish
evaziga oladigan foydasi
quyidagicha boʻladi:
120 / 100 – 8 / 9 =1,2 - 0,(8) = 0,31 dona movut.
Angliya esa movut ishlab chiqarishda kamroq zaiflikka ega. Ya’ni
movut ishlab chiqarishga qilinadigan mehnat sarflari oʻrtasidagi farq
vino ishlab chiqarishdagiga nisbatan kamroq. Demak movut ishlab
chiqarishga ixtisoslashish hisobiga xalqaro savdodan Angliya ham
585
yutadi. Ya’ni, movut
ishlab chiqarib, uni Portugaliyaga sotish hisobiga
11/8 barrel vino (oʻzidagiga nisbatan
5/6
barrel) sotib olishi mumkin.
Ushbu vaziyatda Angliyaning yutugʻi:
9 / 8 - 5 / 6 =7 / 24 = 0,29 barrel vino.
Bu misolda Portugaliya uchun har bir barrel vinoga