588
XXX BOB. TASHQI SAVDO SIYOSATI
30.1. Tashqi savdo siyosatining mohiyati va vositalari
Har bir mamlakat makroiqtisodiy siyosatini yuritishda tashqi savdo
siyosati ham muhim oʻrin egallaydi.
Tashqi savdo siyosati – mamlakatning boshqa mamlakatlar bilan olib
boradigan savdo munosabatlarini muvofiqlashtirishga
qaratilgan chora-
tadbirlar majmuasi boʻlib, milliy iqtisodiyot ehtiyojlari uchun zarur
boʻlgan mahsulotlarni oqilona import siyosati hisobiga toʻldirish hamda
milliy iqtisodiyotda ortiqcha boʻlgan mahsulotlarni eksport qilish
hisobiga mamlakatning jahon bozoridagi oʻrnini mustahkamlash
vazifasini hal etadi.
Ushbu siyosatni yuritish orqali
tashqi savdo hajmlari soliqlar,
subsidiyalar, import yoki eksportni toʻgʻridan-toʻgʻri cheklashlar kabi
vositalar yordamida tartibga solinadi. Tartibga solish vositalari bevosita
va bilvosita xarakterga ega boʻlishi mumkin. Tashqi savdo siyosati
eksport va import hajmi hamda tarkibiga ta’sir koʻrsatish orqali
makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiy oʻsishga
erishish,
toʻlov balansini yaxshilash hamda valyuta kursini tartibga solish
maqsadlarini koʻzda tutadi.
Mamlakatlar erkin yoki cheklovchi (proteksionistik) tashqi savdo
siyosatini olib borishi mumkin. Koʻpgina mutaxassis-iqtisodchilar
mamlakat iqtisodiyoti va aholisi turmush darajasini yaxshilash uchun
erkin savdo siyosatini qoʻllash iqtisodiy
resurslardan samaraliroq
foydalanish imkonini beradi deb hisoblaydilar. Biroq erkin savdo jahon
iqtisodiyoti nuqtayi nazaridan foydali boʻlishi mumkin boʻlsada, ammo
alohida olingan mamlakat iqtisodiyoti manfaati nuqtayi nazaridan erkin
savdo hamma vaqt ham foydali boʻlavermaydi.
Tashqi savdoni cheklash bilan bogʻliq bolgan proteksionistik siyosat
borasida olib boriladigan har qanday chora-tadbirlar qisqa muddatli
samara beradi. Uzoq muddatli davrda esa, faqatgina erkin savdo siyosati
iqtisodiy resurslarni samarali joylashtirish imkonini byeradi.
589
Tashqi savdo siyosati chora-tadbirlarining
ayrimlari davlat
gʻaznasini toʻldirishga yoʻnaltirilgan boʻlsa, ba’zilari import va eksportni
cheklashga, yoki ularni ragʻbatlantirishga yoʻnaltirilgan. Amaliyotda
tashqi savdoni tartibga solishning tarif va notarif usullaridan
foydalaniladi.
Tarif usullariga import va eksport bojlarini joriy qilish kirsa, notarif
usullariga eksportyorlar va ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar berish,
kvotalash, litsenziyalash kabilar kiradi.
Bojxona bojlari import va eksport bojlariga ajratiladi.
Import bojlari davlat gʻaznasini toʻldirish maqsadida va ichki
bozorlarga tushadigan chet el mahsulotlari oqimini tartibga
solish uchun
belgilanadi. Import bojlari eng kam va eng koʻp miqdordagi import
bojlariga boʻlinadi. Eng kam miqdordagi import bojlari qulay savdo
sharoitlarni yaratib berishni koʻzda tutuvchi savdo shartnomalari va
bitimlari boʻlgan mamlakatlar mahsulotlariga nisbatan oʻrnatiladi. Eng
koʻp miqdordagi import bojlari esa qulay savdo sharoitlarni yaratib berish
boʻyicha shartnoma va bitimlar tuzilmagan mamlakatlar mahsulotlariga
nisbatan oʻrnatiladi.
Eksport bojlari mamlakat ichida talab koʻp boʻlgan
mahsulotlar
taqchilligining oldini olish maqsadida belgilanadi.
Litsenziyalash tashqi iqtisodiy operatsiyalarni amalga oshirishga
davlat tashkilotlaridan ruxsat olishning ma’lum tartibi hisoblanadi va
bunday ruxsat berish huquqini qaysi davlat tashkilotlariga berish amalga
oshiriladigan operatsiyalarning mamlakat iqtisodiyoti uchun ahamiyatiga
bogʻliqdir.
Kvotalash mahsulotlar, xizmatlar boʻyicha ma’lum davrga
eksport
va importga miqdoriy yoki qiymat chegaralarini belgilashdir.
Mamlakatlar milliy iqtisodiyotda yuzaga kelgan vaziyatni inobatga
olgan holda tashqi savdoni tartibga solishda ustun ravishda yoki tarif
590
vositalaridan, yoki notarif vositalaridan, yoki ham tarif,
ham notarif
vositalarini muvofiqlashtirgan holda qoʻllaydi.
Xalqaro savdoni tartibga solishda eng koʻp qoʻllaniladigan usul
boʻlib tarif, ya’ni importga solinadigan bojxona boji hisoblanadi.
Importga tariflarning maxsus va boshqa turlari oʻzaro farqlanadi.
Maxsus bojlar import qilinayotgan tovarlar birligiga nisbatan oʻrnatiladi.
Masalan, 1 barel neftga nisbatan 2 yevro.
Bojlar import qilinayotgan tovar qiymatiga nisbatan ma’lum foiz
tariqasida belgilanadi. Masalan avtomobil xarid narxining 40%i.
Har ikkala turdagi import tariflarning oqibatlari deyarli bir xil
boʻlib, buni biz quyidagi grafik vositasida koʻrib chiqamiz.
Import qilinadigan tovarning ichki bahosi =
Jahon bozoridagi bahosi +(Jahon bozoridagi bahosi x Tarif stavkasi).
P
Sd
Pd
Ichki narx (tarif bilan birga)
Pw a b c
d jahon bozori narxi
Dd Tarif joriy qilingandan keyingi
import
S1 S2 D2 D1
Q
Tariflar joriy qilingunga qadar boʻlgan import
30.1- rasm.