638
(fond bozorida qarzga mablagʻ olib, davlat xususiy sektor
foydalanadigan pul massasini kamaytiradi). Bu esa oʻz
navbatida
xorijdan kapital oqib kelishini ragʻbatlantiradi. Kapitalning yuqori
mobilligi sharoitida davlat xarajatlarining koʻpayishi bilan bogʻliq
savdo balansi taqchilligi kapital harakati schyotining musbat (ijobiy)
qoldigʻi bilan amalda qoplanadi. Markaziy Bank esa yuzaga kelgan
almashinuv kursining oʻsish tendensiyasini bartaraf qilish uchun xorijiy
valyutani sotib olish va muomalaga milliy valyutani koʻp
miqdorda
chiqarishga, bu bilan esa pul taklifini oshirishga majbur boʻladi. Bu
tadbir (davlat xarajatlarining oʻsishi bilan birgalikda) daromadlarning
kengayishi uchun qoʻshimcha ragʻbat yaratadi.
Shunday qilib, qayd qilingan valyuta kursi sharoitida byudjet-soliq
siyosati pul-kredit siyosatidan farqli
ravishda daromad darajasiga, oʻz
navbatida ichki muvozanatga muvaffaqiyatli ta’sir koʻrsata oladi. Taʼsir
darajasi kapitalning mobilligi oʻsishi bilan ortib boradi.