Erkin suzib yuruvchi valyuta kursi sharoitida




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet335/366
Sana17.05.2024
Hajmi7,53 Mb.
#240249
1   ...   331   332   333   334   335   336   337   338   ...   366
Bog'liq
O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi t

 
32.4. Erkin suzib yuruvchi valyuta kursi sharoitida 
makroiqtisodiy siyosat 
 
Suzib yuruvchi valyuta kursi sharoitidagi byudjet-soliq va pul-
kredit siyosati qayd qilingan valyuta kursi sharoitidagiga nisbatan 
mutlaqo boshqacha natijalar beradi. Endi rollarni taqsimlash 
muammosini toʻgʻri hal qilish teskari koʻrinish oladi. Byudjet-soliq 
siyosati savdo, demak, toʻlov balansi uchun pul-kredit siyosatiga 
nisbatan katta ahamiyat kasb etadi. Aynan byudjet-soliq siyosatidan 
tashqi balansga erish uchun foydalanish maqsadga muvofiq boʻladi. 
Ichki balansni ta’minlashda esa pul-kredit siyosatidan foydalanish
birinchi planga chiqadi. 
Agar qayd qilingan valyuta kursi sharoitida ichki pul siyosati 
almashinuv kursini quvvatlab turishni ham koʻzda tutgan boʻlsa, suzib 
yuruvchi valyuta kursi sharoitida u bunday vazifadan ozod qilinadi va 
ichki muammolarni hal qilish uchun samaraliroq ishlatilishi mumkin. 
Pul taklifini kengaytirish foiz stavkalarini pasaytiradi va 
xarajatlarning oshishiga olib keladi. Ma’lumki xarajatlarning ortishi 


639 
importning 
oʻsishini 
ragʻbatlantiradi 
va 
savdo 
balansini
yomonlashtiradi. Toʻlov balansining taqchilligi yuzaga kelishiga foiz 
stavkasining pasayishi sababli kapitalning mamlakatdan chiqib ketishi 
ham ta’sir koʻrsatadi. Lekin egiluvchan valyuta kursi sharoitida 
taqchillik saqlanib qolmaydi. Importning oʻsishi va kapitalning oqib 
ketishi xorijiy valyutaga talab oshishiga olib keladi va milliy valyuta
qadrsizlanadi. 
Bu 
qadrsizlanish 
mamlakat 
eksportchilarining 
raqobatbardoshligini kuchaytiradi. Oqibatda savdo balansi yaxshilanadi. 
Eksportning ortishi mamlakatimiz mahsulotiga boʻlgan talabning 
oʻsishini anglatadi va pul massasining dastlabki oʻsishi natijasida
yuzaga kelgan iqtisodiy yuksalishni yanada kuchaytiradi. 
Demak, pul siyosati ichki daromadlarga bevosita (pul taklifining 
oʻsishi orqali) va bilvosita (almashinuv kursining pasayishi hamda
eksportning oʻsishi orqali) ta’sir koʻrsatadi. 
Kapitalning oqib ketishiga va oʻz navbatida milliy valyutaning 
qadrsizlanishi darajasiga ta’sir koʻrsatgani uchun ham kapitalning 
mobilligi muhim ahamiyatga egadir. 
Ammo, pul-kredit siyosati murakkab yetkazib berish mexanizmiga 
egaligi sababli uning ishlab chiqarish hajmiga ijobiy ta’siri ishlab 
chiqarishni kengaytirishning ichki ragʻbatlari (foiz stavkasining 
pasayishi) orqali emas, balki koʻproq tashqi dunyo orqali roʻy beradi deb 
tasavvur qilish mumkin. Boshqacha aytganda, kapitalning chiqib ketishi 
va valyutaning qadrsizlanishi sharoitida mamlakat mahsulotlariga 
talabning oʻsishi uning eksportiga talabning oshishi hisobiga roʻy 
beradi. Shu sababli pul siyosatining ichki balansga ijobiy ta’siri oʻziga 
xos xususiyatga ega. Suzib yuruvchi valyuta kursi sharoitida byudjet-
soliq siyosatining samaradorligini baholash yanada murakkabroqdir. 
Ma’lumki, davlat xarajatlarining ortishi ichki va tashqi muvozanatga 
ikki yoʻnalishda: daromad orqali va foiz stavkasi orqali ta’sir koʻrsatadi. 
Daromadlarning ortishi (multiplikator samarasi orqali) importni 
koʻpaytiradi, savdo balansini yomonlashtiradi va milliy valyutaning 
kursini pasaytiradi. Davlat xarajatlarining ortishi, shuningdek, hukumat
olayotgan qarzlarini koʻpaytirayotganligini anglatadi, bu esa foiz 
stavkalarining ortishiga olib keladi. Yuqoriroq foiz stavkalari esa


640 
xorijdan kapital oqib kelishini ragʻbatlantiradi. Bu esa milliy valyuta 
kursini oshiradi va kapital harakati schyotini yaxshilaydi. Yakuniy natija 
esa kapitalning mobilligi darajasiga bogʻliq boʻladi. 
Kapitalning past mobilligi sharoitida byudjet ekspansiyasi 
daromad orqali koʻproq ta’sir koʻrsatadi. Kapitalning uncha koʻp 
boʻlmagan miqdorda oqib kelishi savdo balansining taqchilligini
qoplay olmaydi va oqibatda valyuta kursi pasayadi. 
Milliy valyutaning arzonlashishi eksportning oʻsishi uchun qulay 
sharoit yaratadi va toʻlov balansining taqchilligini bartaraf qilish 
imkonini 
beradi. 
Eksportning 
ortishi, 
shuningdek, 
byudjet 
ekspansiyasining ichki ishlab chiqarishga ijobiy ta’sirini toʻldiradi. 
Shu bilan birga kapitalning mobilligi ortib borishi bilan kapital 
schyotining toʻlov balansi va valyuta kursiga ta’siri kuchaya boradi.
Kapitalning yuqori mobilligi sharoitida uning oqib kelishi sababli roʻy 
bergan valyuta kursining koʻtarilishi tendensiyasi ustunlik qiladi. Bu 
eksportning qisqarishiga va savdo balansi taqchilligining ortishiga olib 
keladi. Kapitalning katta miqdorda oqib kelishi bu taqchillikni qoplash 
va toʻlov balansini muvozanatlashtirish imkonini beradi. Ammo byudjet 
ekspansiyasining ishlab chiqarish hajmiga yakuniy ta’siri deyarli nolga 
teng boʻladi. Bunga kuchli siqib chiqarish samarasi mavjudligi, ya’ni
xususiy investitsiyalarni foiz stavkasining oshishi orqali va eksportni 
almashinuv kursining oshishi orqali siqib chiqarilishi sabab boʻladi. 
Shunday qilib, pul siyosatining ichki daromadga aniq ijobiy 
ta’siridan farqli ravishda byudjet-soliq siyosati kapitalning past 
mobilligi sharoitidagina samarali boʻladi.
Xulosa yasab, pul va byudjet-soliq siyosatining, tashqi balansni 
saqlab turgan holda ishlab chiqarish hajmiga ta’sir koʻrsatishi nuqtayi 
nazaridan, nisbiy samaradorligini baholashimiz mumkin. 
Ma’lumki, qayd qilingan valyuta kursi sharoitida ichki monetar 
siyosat amalda “falajlangan” boʻladi va faqat byudjet-soliq siyosatigina 
samara beradi va bu samara kapitalning mobilligi ortishi bilan koʻpayib 
boradi. 


641 
Suzib yuruvchi valyuta kursi sharoitida ichki ishlab chiqarish 
hajmiga, shubhasiz, kapitalning mobilligi qanday boʻlishidan qat’iy 
nazar pul-kredit siyosati ijobiy ta’sir koʻrsatadi.

Download 7,53 Mb.
1   ...   331   332   333   334   335   336   337   338   ...   366




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Erkin suzib yuruvchi valyuta kursi sharoitida

Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish