|
Davlat byudjetining xarajatlari – Pdf ko'rish
| bet | 343/366 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 7,53 Mb. | | #240249 |
Bog'liq O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi tDavlat byudjetining xarajatlari –
Umumiy moliyaviy kategoriya
boʻlgan byudjetning koʻrinishlaridan biri boʻlib, unga tegishli boʻlgan
umumiy xususiyatlarga egadir, ya’ni ular taqsimlash xarakteriga ega,
ifodalanishning pul shakli xos, pul fondlarining amal qilishi bilan
bogʻlangan va davlat tomonidan tashkil qilinadi.
Devalvatsiya -
qayd qilingan valyuta kursi tizimi amal qilayotgan
sharoitda hukumat tomonidan milliy valyutaning boshqa
valyutalarga
nisbatan
kursini
tushirishga
qaratilgan
tadbiri.
Devalvatsiya toʻlov balansi taqchilligini bartaraf qilish, eksportni
arzonlashtirish, importni qimmatlashtirish imkonini beradi.
Demping –
tovarlarni tannarxiga qaraganda yoki ichki bozordagiga
qaraganda past bahoda eksport qilish.
Yopiq auksion
bunda tovra uchun auksion qatnashchilari bir-biriga
bogʻliq boʻlmagan holda stavkalarini qoʻyadi va tovar kim koʻp stavka
qoʻygan boʻlsa shunga beriladi.
Import –
mamlakat ichki bozorlarida sotish uchun chet el mollarini,
kapitalini va texnologiyasini olib kelish. Import xalqaro mehnat
taqsimoti natijasidir.
Ishsizlik darajasi –
ishsizlar umumiy sonining ishchi kuchiga
boʻlgan nisbati.
Iqtisodiy oʻsish –
iqtisodiy oʻsish sur’atlari, absolyut oʻsish, bazisli
absolyut oʻsish, zanjirli absolyut oʻsish, qoʻshimcha oʻsish, qoʻshimcha
oʻsish sur’ati, iqtisodiy oʻsish omillari, Xarrod-Domar modeli, Lorens
egri chizigʻi, Keynscha model, klassik model, Solou modeli, Kobb-
Duglas funksiyasi, jamgʻarishning “oltin” qoidasi, optimal muvozanatli
oʻsish.
Haqiqiy iqtisodiy oʻsish –
statistika organlari tomonidan muntazam
nashr etiladigan YaIM yoki boshqa makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning
haqiqiy yillik koʻpayishidir.
|
| |