664
Ouken qonuni
-agar haqiqiy ishsizlik darajasi
ishsizlikning tabiiy
darajasidan bir foizga oshib ketsa, milliy iqtisodiyot YaIMni ikki yarim
foizga kam yaratadi.
Resursning
chekli
daromadliligi
yoki
resursning
pulda
ifodalangan chekli mahsuloti
– resursdan qoʻshimcha
bir birlik
foydalanish natijasida olingan qoʻshimcha mahsulotni sotishdan tushgan
qoʻshimcha daromad.
Sof diskontirlangan (keltirilgan) qiymat (NPV)
- bu kelajakda
olinadigan sof daromadning diskontirlangan qiymatidan diskontirlangan
investisiya ayirmasi:
Sof iqtisodiy renta (pure economic rent)
– narx boʻyicha absolyut
elastik boʻlmagan taklifga ega boʻlgan
resurs egasi tomonidan
olinadigan daromad.
Ssuda foizi
– kapital egasiga uni kapitalidan foydalangani uchun
iqtisodiy subyekt tomonidan toʻlanadigan narx.
Soliq islohoti
- Soliq tizimini qayta koʻrish va uni yangilash,
moliyaviy munosabatlarning oʻzgarishi tufayli yuzaga keladi.
Standart (oʻrta kvadratik) chetlanish
– dispersiyadan olingan
kvadrat ildiz:
D
2
Tavakkalchilik (risk
)- qoʻyilgan maqsadga erishidagi yoʻqotishlar.
Tavakkalchilikka befarq qarovchi shaxs
– kutiladigan daromadda
u kafolatlangan daromad bilan tavakkal daromaddan qaysi birini
tanlashga befarq qaraydigan shaxs.
Tavakkalchilikka qarshi inson (zist orvezse person)
–
kutilgan
daromadga nisbatan kafolatlangan daromadni ustun koʻradigan inson.