Kutiladigan qiymat (matematik kutilish) -
n i i i X P E 1
(x)
Lorents chizigʻi – biror bir koʻrsatkichni taqsimlanish darajasini
ifodalovchi egri chiziq. Bu amerikalik olim Maks Otto Lorens (1876-
1944) tomonidan aholi daromadlarining taqsimlanishini narxlash uchun
ishlab chiqilgan. Aholidan daromad soligʻi olinib, ularga transfert
berilgandan keyin Lorens chizigʻining botiqligi kamayadi.
Masshtab samarasi – bu ishlab chiqarish masshtabining kengayishi
surati bilan mahsulot ishlab chiqarishni oʻsish surati oʻrtasidagi
bogʻliqlikni ifodalaydi. Ishlab chiqarishda foydalaniladigan omillar
miqdoriga ishlab chiqarish masshtabi deyiladi.
Ma’naviy tavakkalchilik – yoʻqotishlar sugʻurta kompaniyasi
tomonidan toʻliq qoplanishiga ishonch hosil qilgan holda vujudga kelishi
mumkin boʻlgan yoʻqotishlar ehtimolini ongli ravishda oshirib
koʻrsatishga intiluvchi shaxsning xatti-harakati.
Mehnat bozorida monopsoniya – bu mukammallashgan
raqobatdagi mehnat bozorining alohida bir chetki koʻrinishi boʻlib,
bunda biror kichik shahardagi yagona firma mahalliy aholining koʻp
qismini ish bilan ta’minlaydi.
Mehnatni chekli mahsuloti – boshqa ishlab omillari sarfi
oʻzgarmaganda bir birlik qoʻshimcha mehnat sarfi hisobidan ishlab
chiqarilgan qoʻshimcha mahsulot.
Monnopoliyaning oʻlik yuki yoki jamiyatning sof yoʻqotishi –
monopolist boʻlmagandagi mahsulot ishlab chiqrish hajmidan
monopolist ishlab chiqargan mahsulotni ayirmasiga teng.
Monopoliya – bu shunday bozorki, unda faqat bitta mahsulot ishlab
chiqaruvchi firma faoliyat olib boradi va mahsulot ishlab chiqarishni,