663
Ob’ektiv (matematik) ehtimol
– voqea
va hodisalar jarayonida
takrorlanishlarni hisob-kitob qilishga asoslangan ehtimol.
Oraliq kesma-
Ishlab chiqarish real hajmining oʻsishi narxlar
darajasining
oʻsishiga mos ravishda oʻsib boradi. Chunki,
iqtisodiyotning pasayish holatidan toʻliq bandlikka oʻtishi noteks va turli
vaziyatlarda roʻy beradi. Masalan, ayrim
tarmoqlarda resurslarning
yetishmasligiga duch kelinsa, boshqa tarmoqlarda
hozircha ortiqcha
resurslar mavjud boʻladi. Shuningdek,
ular ishlab chiqarishni
kengaytirish uchun yangi asosiy vositalar sotib olish va malakasiz
mutaxassislardan foydalanishiga toʻgʻri keladi.
Bu esa mahsulotlar
birligiga ketadigan xarajatlarning oshishiga va natijada baholar
darajasining oʻsishiga olib keladi.
Oliy kategoriyali tovar
– daromad oshganda talab oshib ketadigan
tovarlar.
Pareto optimum (Pareto samaradorlik)
– ne’matlarni
shunday
taqsimlanishiki,
bunda
biror
kishining
turmush
farovonligini
pasaytirmasdan boshqa kishining turmush farovonligini oshirib
boʻlmaydi.
Past kategoriyali tovarlar
– daromad
oshganda talab kamayadigan
tovarlar.
Real ish haqi (real wage rate)
– olingan pul mablagʻi hisobidan
sotib olinishi mumkin boʻlgan tovarlar
va xizmatlar miqdorini
ifodalovchi ish haqining sotib olish imkoniyati.
Real narxlar-
solishtirma narxlarda oʻlchangan
ishlab chiqarish
hajmi
Real foiz stavkasi
– inflyatsiyadan tozalangan foiz stavkasi.
Nominal, real foiz stavkalari va narx oʻsishi (inflyatsiya) oʻrtasidagi
miqdoriy
bogʻliqlikni
quyidagicha
yozish
mumkin:
R
1
P)
(1
*
)
i
1
(