660
Ishlab chiqarish omillari cheklangan boʻlib, ularga
mehnat (labour)
,
kapital (sapital),
materiallar (xom ashyo, butlovchi qismlar, elektr
energiyasi, gaz, suv va hokazo)
,
er (land).
Ishlab chiqarish funksiyasi
– ishlab chiqarilgan
mahsulot miqdori
bilan shu mahsulotni ishlab chiqarishdagi sarflangan ishlab chiqarish
omillari miqdori oʻrtasidagi bogʻliqlikni ifodalovchi funksiya.
Ishlab chiqarish shartnomalari chizigʻi
–
resurslarni Pareto
samarali joylashtirish chizigʻi boʻlib, bunda quyidagi shart bajariladi:
Ishlab chiqaruvchi muvozanati yoki maksimal mahsulot ishlab
chiqarish uchun optimal sarflanadigan mehnat va kapital miqdorini
aniqlash sharti -
ishlab chiqarishning shuday holatiki bunda har qanday
omil uchun sarflangan bir birlik pul miqdori bir xil miqdordagi mahsulot
ishlab chiqarishni ta’minlaydi.