659
kapital qoʻyish jarayoni.
Investitsiyani ichki oqlash normasi
–
investision loyiha
samaradorligi koʻrsatkichi. Investisiyani (minus bilan olingan) qiymati
bilan kelajakda olinadigan sof foydaning
diskontirlangan qiymati
yigʻindisini nolga aylantiruvchi ichki qaytim normasi:
0
IRR)
(1
C
-
R
...
IRR)
(1
C
-
R
IRR
1
C
-
R
I
-
T
T
T
2
2
2
1
1
NPV
Inglizcha autsion
– bunda stavka pastdan yuqoriga tovar sotilgunga
qadar oshib boradi, tovar taklif qilingan maksimal narxda sotiladi.
Inson kapitali nazariyasi
– inson kapitaliga investisiya qoʻyish
natijasida ish haqining har xil darajada boʻlishi
sabablarini tushuntirib
beruvchi nazariya.
Inson kapitaliga investisiya (human capital investment)
–
insonning qobiliyatini,
malakasini, ishchining mehnat unumdorligini
oshirishga olib keladigan har qanday harakat (shu
bilan birga bilim
olishiga, sogʻligʻini tiklashga sarflar).
Institutlar
– iqtisodiy subyektlar harakatini cheklovchi,
ularning
oʻzaro munosabatlarini tartibga soluvchi me’yorlar, qoidalar hamda
ushbu me’yor va qoidalarni bajarilishini nazorat qilish mexanizmlari.